Kesselring sarvinjoni
Kesselring sarvinjoni | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Yuksak oʻsimliklar |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Turkum: | Colchicum |
Binar nomi | |
Colchicum kesselringii |
Kesselring sarvinjoni (lotincha: Colchicum kesselringii) — bir urugʻpallalilar sinfi, kolxikum turkumiga mansub ko‘p yillik gulli o‘simlik turi. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati G‘arbiy Tyan-Shan, Chatqol va Qurama tog‘ tizmlari hududida o‘sadi[1].
Birinchi marta 1883-yilda Eduard Regel tomonidan rasman tasvirlangan.
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Balandligi 6-10 sm gacha yetadigan ko‘p yillik piyozchali o‘t o‘simlik. Popuk ildiz tizimiga ega. Piyozchasi cho‘ziq tuxumsimon, diametri 1-3,5 sm, tashqi qobig‘i dag‘al, qora qo‘ng‘ir tusda. Poyasi silliq, qisqa, bir yoki ikki dona, shoxlanmagan. Barglari 3-6 dona, oddiy bandsiz, yashil, o‘rtasidan siyohrang chiziq o'tgan. Gullari bir, ikki dona poya uchida joylashgan. Gultojibarglari qo‘shilmagan, oq, tashqi tomoni to‘q binafsharang chiziqli, nashtarsimon, to‘mtoq tuzilgan. Changchilari tojibarglardan ikki barobar qisqa, chang iplari ingichka, sariq tusda. Hasharotlar yordamida changlanadi. Fevral oyida gullab mevasi mart aprelda pishib yetiladi. Urug‘i va piyozchalari orqali ko'payadi.
Tarqalishi va o‘sish sharoiti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tabiatda juda kam tarqalgan, yakka-yakka yoki to‘p hosil qilib o‘sadi. Toshkent viloyati G‘arbiy Tyan-Shan, Chatqol, Qurama tog‘ tizmlarida uchraydi. Tog'ning etaklaridan to tog'ning yuqori qismigacha bo‘lgan joylarda, mayda jinsli tuproqlarda va shagʻalli yerlarda oʻsadi. Gullarining yig‘ib olinishi va chorva mollarining ko‘plab boqilishi natijasida areali qisqarib ketgan. Chatqol biosfera qoʻriqxonasi va Ugom-chatqol davlat tabiat milliy bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Colchicum kesselringii“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.