Kesim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kesim — gapning bosh boʻlaklaridan. Ega bilan ifodalangan shaxs, predmet va xodisaning umumiy belgisini bildiradi. K. gapni uyushtiruvchi markaz boʻlib, predikativlikning belgisini koʻrsatadi. Ikki tarkibli gapda egaga tobe boʻladi; oʻziga bogʻlanib kelgan soʻzlarga nisbatan esa hokim hisoblanadi. K. barcha mustaqil soʻz turkumlari bilan ifodalanadi. Qaysi soʻz turkumi bilan ifodalanishiga koʻra, feʼl va ot K.larga boʻlinadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil