Keshbek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Keshbek (ingliz tilidan olingan bo'lib — naqd pulning qaytib berilishi degani) — mijozlarni jalb qilish va sadoqatini oshirishga qaratilgan maxsus bonus dasturlarining bir turi bo‘lib, asosan internet-savdolari, bank mahsulotlarida va o‘yin biznesida qo‘llanadi.

Chakana savdo va internet-savdoda — bu mijozga almashtirish/qaytarish uchun berilgan vaqt ichida beriladigan kechiktirilgan chegirmadir.

Bank sohasida esa keshbek — bu mijozno plastik kartasi orqali xaridlarni amalga oshishrishga undaydigan sodiqlik dasturidir.

Keshbek berish sxemasi an'anaviy diskont yoli chegirma berish sxemalaridan farqli tarafi quyidagilardadir :

  • Mijoz sotuvchiga chakana narxida to'laydi (shu bilan birga sotuvchi tomonidan qo'yilgan har qanday chegirma, bonus yoki aksiyalar hisobga olinadi);
  • Shunda, xaridor buyumining sotib olgan narxining bir qismini (bonus qismini) boshqa shaxsdan qaytarib oladi — sotuvchidan emas, balki sotuvchiga xaridorlar oqimini ta'minlaydigan affilialdan oladi;
  • keshbek manbai  — sotuvchi tomonidan har bir xaridor uchun affilialga to'lanadigan komissiyalardir. Bunday keshbek saytlarini egalari ushbu olgan komissiyalari bilan qisman mijiz bo'lishishadiasosiy , bonus sifatida va shunday qilib yanada ko'proq mijozni jalb qilishadi.

Atamaning asosiy qo'llanilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keshbek-servislar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Internet-savdoda "keshbek" atamasi xarid narxining bir qismini xaridorning shaxsiy hisobidagi hisob raqamiga qaytarish shaklidagi chegirma ma'nosini anglatadi. Siz mobil telefonga, bank kartasiga, YooMoney, PayPal, Webmoney va boshqa usullar bilan pulni chiqazib olishingiz mumkin.

Keshbek xizmat servislarini tanlashda muhim bo'lgan omillardan biri - bu pulni olish uchun ma'lum miqdorni tejab yegishingiz kerakmi yoki har qanday miqdorda chiqazib olishingiz mumkinligidir.

So'nggi paytlarda keshbek portallari katta mashhurlikka ega bo'lib kelayapti. Ular xaridorni keshbek agregatori bilan sheriklik shartnomalarini tuzadigan ixtisoslashgan onlayn-do'konlarning veb-saytlariga yo'naltiradigan navigatsiya maydonchasi rolini o'ynaydi .

Keshbek portallari ko'pincha xaridorlarga mos mahsulot variantini topish, narxlarni taqqoslash, chegirma dasturlari va turli xil onlayn-do'konlardagi aktsiyalarni topish, onlayn tizimlar orqali bir nechta qulay to'lov variantlarini taklif qilish va boshqa shu kabi qo'shimcha xizmatni taqdim etadi.

Keshbek portali orqali tovarlarni sotib olish operatsiyasini amalga oshirayotganda, mijoz ushbu mahsulot sotuvchisidan emas, balki sheriklik onlayn-do'konidan keshbek tovarni qiymatidan ma'lum foizini qaytarib oladi.

Banklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bank sohasida keshbekli kredit va debet kartalar chiqazishadi. Bu holatda agar mijoz kartasi orqali biron narsa harid qilsa, unga 0.5 % dan 3 % gacha haridining qiymatiga qarab bonus mijoz hisobiga qaytariladi.

Ba'zi banklarda sarflangan mablag'larning ma'lum foizini har qanday xariddan emas, balki cheklangan miqdordagi xarid turlaridan qaytarish sxemalari mavjud (sotib oluvchi talabini rag'batlantirish bo'yicha sheriklik dasturida ochish to'g'risidagi shartnoma bilan birga keshbekni qaytarib berish opsiyasi bilan savdo/xizmat ko'rsatish sohasidagi korxonalar ro'yxati ilovasi taqdim etiladi). Masalan, ma'lum bir yoqilg'i quyish shoxobchalari tarmog'i yoki kafe va restoranlarning ma'lum bir tarmog'i va shunga o'xshash xizmatlarni to'lashda keshbek taqdim etilishi mumkin.

Naqd to'lovlar o'rniga karta yordamida to'lov amalga oshorishni rag'batlantirish maqsadida, banklar sodiqlik dasturining bir qismi sifatida, shuningdek, ma'lum tovarlar/xizmatlarga xarid qilish talabini oshirish uchun keshbek opsiyasini taqdim etish bilan bir qatorda hamkor savdo tashkilotlari bilan koalitsiya sodiqlik dasturini ham beradi. Bank va savdo korxonalarining qo'shma sodiqlik dasturi doirasida chiqargan keshbek kartalari kobrend kartalari turiga kiradi.