Kesamirlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kesamirlar — oʻzbek urugʻlaridan biri, 19—20-asr boshlarida Buxoro amirligining Koʻlob bekligi hududida, asosan, Yaxsuv daryosining oʻrta oqimlari, Panj daryosi irmogʻi Jilgʻasoyning yuqori oqimlari atrofida va qisman Qunduzda yashashgan. K.ning kelib chiqishi toʻgʻrisida aniq maʼlumot yoʻq. Baʼzi maʼlumotlarga qaraganda, ularning shakllanishida naymam va mangʻit qabilalarining etnik guruhlari ishtirok etgan. Qatagʻonlarnnng ayrim guruhlari K.ga qoʻshilganligi taxmin qilinadi. K. qorachariq, kuldeman, qalligʻoch yoki qarligʻoch, toz, kamchi, kiyikchi va noʻgʻoy kabi boʻlinmalardan iborat boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil