Kesaltenango

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kesaltenango — Gvatemaladagi shahar, mamlakat gʻarbida, Vulkan togʻlari orasida, 2350 m balandlikda joylashgan. Kesaltenango departamentining maʼmuriy markazi. K. yonidan Pan-Amerika shosse yoʻli oʻtgan. Aholisi shahar atrofi bilan 300 ming kishi chamasida (1990-y.lar oʻrtalari). K. aholisining soni va iktisodiy mavqei jihatidan mamlakatda muhim oʻrin tutadi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil