Kern

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kern (nem. kern) — kolonkali burgʻu kovaklari (quduqlari)dan olinadigan silindr shaklidagi yaxlit togʻ jinsi namunasi. K. yordamida togʻ jinsining tarkibi, fizik va kimyoviy xossalari, yotish burchaklari aniqlanadi. Kovlangan bir necha burgʻu kovaklarining geologik kesimi K.ni oʻrganish natijalari bilan taqqoslanadi. Maʼlum boʻlmagan yer osti geologik jinslarini oʻrganishda K.ning ahamiyati katta.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil