Kerkinitida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kerkinitida — antik shahar (mil. av. 6-asr oxiri — 5-asr — mil. av. 2-asr). Yunonlar tomonidan hozirgi Yevpatoriya oʻrnida qurilgan. Xersones aristokratik respublikasi tarkibida boʻlgan. Gʻalladon savdosida muhim rol oʻynagan (4—2-asr). Mil. av. 4-asrning 2-yarmi — 3-asrda oʻz tangalarini zarb qilgan. Yunonskif urushlari (mil.av. 2-asr) natijasida vayron boʻlgan. Mil. 1 — 2.a.larda kichik savdo-dehqonchilik manzilgohi. Ellinistik davrga mansub mudofaa devorlari va turar joy daxalari qoldiqlari saqlangan. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil