Keratomalyasiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Keratomalyasiya (yun. keras — shox, muguz va malakia — yumshokushk) — koʻz shox (muguz) pardasining yemirilishi. Koʻproq yosh bolalarda uchraydi va organizmda oqsil, A vitamin, yogʻ moddalari yetishmasligi natijasida kelib chikali. K.da muguz parda toʻqimasi iriydi, yiringli yara paydo boʻlib, parda teshiladi, koʻzning oldingi kamerasida yiring toʻplanadi, shilliq parda ham oʻzgaradi (epiteliysi qurib, koʻchadi — q. Kseroftalmiya). Davo kasallikka sabab boʻlgan omilni bartaraf etishdan iborat.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil