Kengkoʻl qabristoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kengkoʻl qabristoni - mil. 2 -4-asrlarga oid 100 ga yaqin mozorqoʻrgʻonlar guruhi. Qirgʻizistondagi Talas daryosining yuqori oqimida, Kengkoʻl daryosining Talas daryosiga quyilish joyida. 1938-yil A.N. Bernshtam topgan va uni gunnlarga mansub deb hisoblagan. 1938—39 va 1956—57-yillarda u yerda qazish ishlari olib borilib, quyidagilar aniqlandi: mayyitlar, asosan, yer osti yoʻlaklari orqali kiriladigan gumbazsimon hujra (kamera)larga va qisman yerga yakka-yakka va guruh-guruh qilib dafn etilgan, ularning baʼzilari yogʻoch tobutlarda va baʼzilari taxta toʻshaklarda yotibdi; jasadlarning irqiy tipi metislashgan (mongoloid irqqa xos belgilarga ega yevropeoidlar); bosh suyaklari shakli sunʼiy oʻzgartirilgan. K.q.dan topilgan ashyolar: turli sopol idishlar, yogʻoch kosalar, poynaklari temir va suyakdan qilingan kamon oʻklari, suyak qoplamali kamonlar, jez oynaklar, yogʻoch xontaxta va beshiklar, ipak kiyimlar, turli zebziynatlar, sopol chilimlar va b.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil