Keng ekranli kino

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Keng ekranli kino - kinofilmlar keng ekranda namoyish qilinadigan kinematografiya turi. Filmni suratga olish va namoyish etishda anamorfot optikadan foydalaniladi, bunda tasvir gorizontal toraytirib kinoga olinadi va ekranga yoyib proyeksiyalanadi. Turli mamlakatlarda K. e. k. ning har xil tizimlari ixtiro qilingan. Hoz. rangli va stereofonik ovozli K. e. k. 1953-yilda yaratilgan. Ovoz 3 kanalga stereofonik yozib olinadi, film nusxalari 35 mm li kinoplyonkaga tushiriladi. K. e. k. kino sanʼatining tasvir imkoniyatini ancha kengaytiradi. Oʻzbekistonda 2000 ga yaqin keng ekranli kinoteatr ishlab turibdi (2002).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil