Kenema

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kenema — Syerra-Leonedagi shahar, mamlakatning jan.-sharqida. Sharqiy provinsiyaning maʼmuriy markazi. Aholisi 300 ming kishidan ziyod (1990-y.lar boshlari). Avtomobil yoʻllari tuguni. Xunarmandchilik rivojlangan. Mamlakatda yirik korxona — yogʻochsozlik k-ti ("Forest indastris" davlat kompaniyasi) mavjud boʻlib, mebel, yogʻoch plitalar va b. ishlab chiqariladi. Oziq-ovqat sanoati (sholi oqlash, kofe, goʻshtni qayta ishlash va h.k.) korxonalari, avtomobil taʼmirlash ustaxonalari, olmosga ishlov berish korxonalari, issiklik elektr st-yasi, texnika inti bor. Q. x. mahsulotlari bilan savdo qilinadigan markaz. K. yaqinida xromit konlari topilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil