Kellyn Acosta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kellin Akosta (inglizcha: Kellyn Acosta; 1995-yil 27-iyulda Plano shahrida (Texas, AQSH) tugʻilgan) — kelib chiqishi Grenadalik boʻlgan amerikalik futbolchi, „Kolorado Rapids“ va AQSh terma jamoasining himoyachisi sifatida faoliyat olib boradi.

Kellyn Acosta Futbol
Umumiy ma'lumotlar
To`liq ism sharifi Kellyn Acosta
Tug`ilgan

24-iyul 1995-yil(1995-07-24) (27 yosh)

Fuqaroligi

Flag SShA AQSh

Flag Grenadi Grenada

Bo`yi

177 cm

Vazni

70 kg

Pozitsiyasi

Yarim himoyachi

Klub haqida ma'lumotlar
Klub

Flag SShA Kolorado Repidz

Raqam

10

Yoshalr klubi
2009—2013 Flag SShA Dallas
Klubdagi faoliyati
2013—2018 Flag SShA Dallas 117 (9)
2018—h.v. Flag SShA Kolorado Repidz 68 (7)
Milliy terma jamoa
2010—2011 Flag SShA AQSH(U17) 18 (0)
2010—2011 Flag SShA AQSH (U18) 3 (0)
2013—2015 Flag SShA AQSH (U20) 15 (0)
2015 Flag SShA AQSH (U23) 2 (0)
2016—h.v. Flag SShA AQSH 37 (2)
Xalqaro medallari
KONKAKAF oltin kubogi
Oltin SShA 2017
Oltin SShA 2021
KONKAKAF millatlar ligasi
Oltin Denver 2021

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akosta „Dallas“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2013-yil 4-avgustda u MLSdagi debyutini „Sietl Saunders“ga qarshi oʻtkazdi[1]. 2015-yil 19-iyulda DC Unitedga qarshi duelda Kellin „Dallas“ uchun birinchi golini kiritdi[2].

2018-yil 23-iyulda Akosta Dominik Badji va chet ellik o‘yinchi uchun „Kolorado Rapids“ga almashtirildi. 29-iyul kuni „DC United“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan[3]. Xuddi shu jangda Kellin „Kolorado Rapids“ uchun birinchi golini raqib darvozasiga kiritdi.

Xalqaro martabasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yil boshida Kellin Yamaykada boʻlib oʻtgan KONKAKAF oʻsmirlar chempionati gʻolibi boʻlgan[4][5]. Turnirda u Kuba , Panama va Salvador jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[6][7]. Oʻsha yilning yozida Akosta AQSh oʻsmirlar terma jamoasi tarkibida Meksikada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Chexiya , Oʻzbekiston , Germaniya va Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etdi[8][9]. 2013-yilda u AQSh yoshlar terma jamoasi tarkibida boʻlgan va Turkiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u oʻrinbosar boʻlgan va hech qachon maydonga tushmagan[10].

2015-yilda Kellin Yamaykada boʻlib oʻtadigan KONKAKAF yoshlar chempionatiga daʼvogarlik qilgandi[11]. Turnirda u Gvatemala va Panama yoshlar terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

Oʻsha yili yoshlar jamoasi tarkibida Akosta Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan[12][13]. Turnirda u Yangi Zelandiya , Myanma , Kolumbiya va Serbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[14][15].

2016-yilning 31-yanvarida Akosta Irlandiyaga o‘rtoqlik o‘yinida AQSh terma jamoasi safida debyut qilgan[16]. 2017-yilning 1-iyulida Gana terma jamoasiga qarshi duelda Kellin terma jamoadagi ilk golini kiritgan[17].

2017-yilda Akosta KONKAKAF Oltin Kubogini qoʻlga kiritdi[18]. Turnirda u Panama , Martinika , Salvador , Kosta-Rika va Yamayka terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[19].

AQSh terma jamoasi safidagi gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2017-yil 1-iyul Pratt & Whitney stadioni, Sharqiy Xartford, AQSh  Gana 2 :0 2 :1 Oʻrtoqlik uchrashuvi
2. 2018-yil 11-oktyabr Raymond Jeyms stadioni, Tampa, AQSh  Kolumbiya 2 :1 2 :4 Oʻrtoqlik uchrashuvi

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

AQSh (17 yoshgacha)

  • 2011-yilgi KONKAKAF yoshlar chempionati

AQSh jamoasi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Сиэтл Саундерс VS. Даллас 3:0“ (en). soccerway.com (2013-yil 4-avgust). 2014-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-aprel.
  2. „Даллас VS. Ди Си Юнайтед 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 19-iyul). 2015-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-noyabr.
  3. „Ди Си Юнайтед VS. Колорадо Рэпидз 2:1“ (en). soccerway.com (2018-yil 29-iyul). 2018-yil 9-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-sentyabr.
  4. „США (до 17) VS. Панама (до 17) 1:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 18-fevral). 2016-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-noyabr.
  5. „США (до 17) VS. Сальвадор (до 17) 3:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 22-fevral). 2016-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-noyabr.
  6. „Куба (до 17) VS. США (до 17) 1:3“ (en). soccerway.com (2011-yil 14-fevral). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-noyabr.
  7. „США (до 17) VS. Узбекистан (до 17) 1:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 22-iyun). 2016-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-noyabr.
  8. „США (до 17) VS. Чехия (до 17) 3:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 20-iyun). 2016-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-noyabr.
  9. „США (до 17) VS. Новая Зеландия (до 17) 0:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 26-iyun). 2016-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-noyabr.
  10. „Германия (до 17) VS. США (до 17) 4:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 30-iyun). 2016-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-noyabr.
  11. „США (до 20) VS. Гватемала (до 20) 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 9-yanvar). 2017-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 6-fevral.
  12. „США (до 20) VS. Мьянма (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (2014-yil 30-may). 2016-yil 10-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-avgust.
  13. „Новая Зеландия (до 20) VS. США (до 20) 0:4“ (en). soccerway.com (2014-yil 2-iyun). 2017-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-avgust.
  14. „США (до 20) VS. Колумбия (до 20) 1:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 10-iyun). 2017-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-avgust.
  15. „США (до 20) VS. Сербия (до 20) 0:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 14-iyun). 2017-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-avgust.
  16. „США VS. Исландия 3:2“ (en). soccerway.com (2016-yil 31-yanvar). 2016-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 16-noyabr.
  17. „США VS. Гана 3:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 1-iyul). 2017-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-iyul.
  18. „США VS. Панама 1:1“ (en). soccerway.com (2017-yil 8-iyul). 2017-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-iyul.
  19. „США VS. Сальвадор 2:0“ (en). soccerway.com (2017-yil 20-iyul). 2017-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 27-iyul.
  20. „OVERTIME GOAL FROM CHRISTIAN PULISIC AND HEROIC PENALTY KICK SAVE FROM ETHAN HORVATH CLINCH INAUGURAL CONCACAF NATIONS LEAGUE TITLE FOR USMNT IN DRAMATIC 3-2 WIN AGAINST MEXICO“ (en). ussoccer.com (2021-yil 6-iyun). 2021-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.