Kelly Gould

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kelly Gould
Tavalludi
Kelly Victoria Gould

4-avgust 1999
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2004—2013-yillar
Otasi Tom Gould
Onasi Valerie Gould

Kelly Victoria Gould — amerikalik sobiq aktrisa. U Rita Rocks nomli Lifetime original komediya serialidagi Shennon Klemens roli va HBO kanalidagi Lucky Louie sitkomidagi Lucy roli bilan tanilgan. Kelly Gould uchta Blades of Glory, The Rebound va 16 Love nomli toʻla metrajli filmlar teleseriallarda paydo boʻlgan. Aktrisa 14 yoshida ijtimoiy faoliyatga eʼtibor qaratish uchun aktyorlikdan tanaffus oladi. U 15 yoshida Santa Claritadagi Kanyonlar kollejiga oʻqishga kirgan[1].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gould Californianing Los Angeles shahrida yahudiy oilasida tugʻilgan[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gouldning aktrisalik faoliyati uch haftalik yoshida tugʻilish sahnasidayoq boshlangan. Olti haftalik boʻlganida Sonny & Cher haqidagi filmda Chastity Bono chaqalogʻini tasvirlaydi[2]. U Home Box Office komediya seriali Lucky Louieda Louie va Kimning toʻrt yoshli qizi Lucy rolini oʻynagan[3]. Gould 2007-yilda CBS teleseriali The Ghost Whispereda „All Ghosts Lead to Grandview — Barcha sharpalar Grandviewga olib boradi“ epizodida yosh Melinda rolini ijro etgan[4]. U shuningdek, badiiy filmlarda, jumladan 2007-yilda Blades of Glory komediyasida va 2009-yilda Catherine Zeta-Jonesning farzandlaridan biri sifatida ishtirok etgan The Rebound filmida suratga tushgan[5].

Aktrisa 2008-yildan 2009-yilgacha Rita Rocksning Lifetime original serialida Shannon Clemens rolida ishtirok etgan[6]. Deseret Newsdan Scott D. Pierce Gouldning Rita Rocksdagi chiqishi haqida shunday deydi: „9 yoshli Shannon (Kelly Gould) haqiqatdan ham juda yoqimli sitkom aktrisalaridan biri“[7].

2009-yilda Gould Lifetime kanalidagi Drop Dead Diva teleserialida paydo boʻldi[8][9]. U 2012—2013-yillarda Disney Channel komediya seriali Jessiening epizodlarida Emma Rossning doʻsti Rosierolini ijro etgan. Aktrisa oʻn toʻrt yoshga toʻlgach, aktrisalikni toʻxtatishga qaror qiladi, lekin u kollejni tugatgandan soʻng yana faoliyatini davom ettirishi mumkinligini taʼkidlagan edi[1].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol
2004 Strong Medicine Molly Molika
2005 Jake in Progress Qizcha
2006-2007 Lucky Louie Lucy
2007 Hannah Montana Kichkina qizaloq
2007 Ghost Whisperer yosh Melinda
2007 Blades of Glory Maddy
2008 Cold Case Mia Ross
2008-2009 Rita Rocks Shannon Clemens
2009 Drop Dead Diva Noma'lum
2009 The Rebound Sadie
2010 Den Brother Rachel
2011 Good Luck Charlie Heather
2012 16-Love Ellen
2012-2013 Jessie Rosie

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Komaiko, Leslee. „Kelly Gould: From professional acting to social action“. Jewish Journal (9-iyun 2016-yil). 1-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyun 2019-yil.
  2. HBO: Lucky Louie cast biographies (archive)
  3. „Kelly Gould“. TV SA. 2-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyun 2019-yil.
  4. „Young Melinda on Ghost Whisperer grew up to become Shazam!'s Mary Marvel“. Start TV. 2-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyun 2019-yil.
  5. Edwards. „The Rebound“. Variety Media LLC. 7-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyun 2019-yil.
  6. „"Rita" gets more gigs on Lifetime“. Denver Post. Media Group Inc (12-noyabr 2008-yil). 1-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyun 2019-yil.
  7. Pierce. „'Rita' doesn't rock“. Deseret News Publishing Company. 1-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyun 2019-yil.
  8. Kinon, Cristina. „'Drop Dead Diva' actress Brooke Elliott says plus size isn't a minus“. New York Daily News (17-iyun 2009-yil). 2-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyun 2019-yil.
  9. Fernandez, Maria Elena. „This 'Diva' combines her beauty with brains“. Los Angeles Times (10-iyul 2009-yil). 2-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyun 2019-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]