Kelajak muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kelajak muzeyi[1] — innovatsion va futuristik gʻoyalar, xizmatlar va mahsulotlar uchun koʻrgazma maydoni. BAAning Dubay shahrida joylashgan „Kelajak muzeyi“ uchta asosiy elementdan iborat: yashil tepalik, bino va boʻshliq.[2] Dubai Future Foundation fondi tomonidan asos solingan.[3] Mezey 2021-yilda ochilishi kerak edi, ammo oʻsha yilning dekabr oyida hali muzey holati toʻliq yakunlanmaganligi tufayli ochilmagan.[4][5] Qurilish ishlari yakunlanganidan soʻng Birlashgan Arab Amirliklari hukumati muzeyni 2022-yil 22-fevralda ochdi[6] Muzeyning aynan shu sanada ochilishining ham sababi mavjud edi. 2022-yil 22-fevral palindrom sanasi edi.

Ushbu muzeyni tashkil qilishdan maqsad texnologik rivojlanish va innovatsiyalarni, ayniqsa robototexnika va sunʼiy intellekt (AI) sohalarini rivojlantirish va ragʻbatlantirishdir.[7][8]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dubay hukmdori,BAA vitse-prezidenti va Bosh vaziri Muhammad bin Rashid Al Maktum 2015-yilning 4-martida Hukumat sammiti chogʻida namoyish etigan."Kelajak muzeyi"ni tashkil etish rejasini eʼlon qildi.[9][10]

2016-yil 7-fevral kuni Muhammad bin Rashid 2016-yilgi Jahon hukumati sammiti doirasida yangi „Kelajak muzeyi“deb nomlangan koʻrgazmani ochdi.[11] 2016-yil 24-aprelda Muhammad bin Rashid „Dubay Future Foundation“ tuzilmasini ishga tushirdi. Yangi tuzilmaga koʻra, „Kelajak muzeyi“ Dubai Future Foundation tarkibiga kirdi.[12]


2022-yil 22-fevral kuni Dubayda yangi texnologiyalarni qamrab olgan Kelajak muzeyi rasman ochildi.[13] Ochilish marosimi va muzeyni ochish huquqi Shayx Muhammad bin Rashid Al Maktumga berildi.Shuningdek muzey ochilish marosimida Dubay valiahd shahzodasi shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid Al Maktum va shayx Maktum bin Muhammad bin Rashid Al Maktum ham qatnashgan.

Koʻrgazmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil Butunjahon hukumati sammiti doirasida ochilgan „Kelajak muzeyi“ bir necha koʻrgazmalarga mezbonlik qiladi. Koʻrgazmalarning har biri turli sohalarda texnologiyaning roliga qaratilgan mavzulardan iborat boʻlgan.[14]

Mexanik hayot koʻrgazmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil oktabr oyida Mechanic Life (Mexanik hayot) koʻrgazmasi tashkil etildi.Bu koʻrgazma robotlarda hissiyotlarni tushunish intellektini shakllantirishga qaratildi. Shuningdek, u sunʼiy intellekt va insonning oʻsishiga eʼtibor qaratdi.[14][15]

Iqlim oʻzgarishi qayta koʻrib chiqildi: Dubay 2050[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilda boʻlib oʻtgan koʻrgazmada 2050-yilda insoniyat global isish va iqlim oʻzgarishi taʼsiriga qaramay, radikal innovatsiyalarni qabul qilish orqali qanday rivojlanishi mumkinligini oʻrganishga qaratilgan mavzular qabul qilindi.[16][14] U insoniyatning ekologik iziga hissa qoʻshadigan uchta asosiy omilga eʼtibor qaratdi, bular shaharsozlik, qishloq xoʻjaligi va global sanoatdir .[14][16].Oʻtkazilgan koʻrgazma natijasida global muammolarga yechim qidirildi va koʻplab yechimlar oʻrtaga qo;yildi.

Konsepsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kelajak muzeyi loyihasini yaratishga uy-joy innovatsiyalari va tadqiqotchilar, dizaynerlar, ixtirochilar va moliyachilar jalb qilindi.[17]

Muzeyda sogʻliqni saqlash, taʼlim, aqlli shaharlar, energetika va transport kabi bir qancha sohalarga bagʻishlangan innovatsion laboratoriyalar ham tashkil etildi. Shuningdek, muzey tadqiqot institutlari va universitetlar bilan hamkorlikda yangi ixtirolarni qoʻllab-quvvatlaydi va sinovdan oʻtkazadi.[18]

Binoning tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dunyodagi eng murakkab tuzilmalardan iborat[19][5] Kelajak muzeyi Killa Design arxitektura studiyasining loyihachisi Buro Happold tomonidan ishlab chiqilgan.[20][5] Bino Green raiting (Yashil reyting) boʻyicha LEED Platinum reytingini olishni maqsad qilgan.[21][22][5]

Muzey tashqi qismidagi derazalarga arab harflari bilan yozilgan iqtiboslarni koʻrish mumkin.Dubay Kelajak muzeyida yozilgan iqtibos Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti va Bosh vaziri Shayx Muhammad bin Rashid Al Maktumning uchta iqtibosidir:

· Biz yuz yil yashay olmaymiz, lekin yuz yilga arzigulik narsani yaratishimiz mumkin.

· Kelajak uni tasavvur qila oladigan, loyihalashtira oladigan va qura oladiganlar uchundir. Kelajak kutmaydi, kelajakni bugun loyihalash va qurish mumkin.

· Hayotning yangilanishi, sivilizatsiya rivoji va insoniyat taraqqiyotining siri bu yangilikdir.

„Kelajak muzeyi“ga oʻyib yozilgan iqtiboslar amirlik rassomi Matar Bin Lahej tomonidan yozilgan.[23]


Killa Design va Buro Happold yangi parametrik dizayn va Bino maʼlumotlarini modellashtirish (BIM) vositalarini, jumladan, ichki poʻlat konstruktsiyasini oʻstirish uchun raqamli vositalardan foydalanadigan oʻsish algoritmini ishlab chiqdi.[20][5]

Muzey turli koʻrgazmalarni oʻz ichiga oluvchi yetti qavatdan .[24][25][19] Uchinchi qavat kosmik resurslarni rivojlantirish, ekotizimlar va bioinjeneriya, sogʻliq va farovonlikka qaratilgan koʻrgazmalarga qaratilgan.[25] Boshqa qavatlar sogʻliqni saqlash, suv, oziq-ovqat, transport va energiya kabi sohalardagi muammolarni hal qiladigan yaqin kelajak texnologiyalarini namoyish etadi, oxirgi qavat esa bolalarga bagʻishlangan.[25]

Tashabbuslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil 30-iyun kuni Dubay dunyodagi birinchi toʻliq ishlaydigan 3D-bosma bino "Kelajak idorasi "ni qurish rejalarini oshkor qildi. Loyiha „Kelajak muzeyi“ning birinchi yirik tashabbusidir.[26]

2016-yilning 17-fevralida Dubai Future Foundation joriy va kelajakdagi yaratiladigan ilovalarni yaratish hamda Blockchain dasturi orqali tranzaktsiyalarni tashkil etish uchun moʻljallangan Global Blokcheyn kengashining ishga tushirilishini eʼlon qildi.[27]

2016-yil 28-mart kuni Dubai Future Foundation tuzilmasi tadqiqot, tadqiqot natijalari, vizual materiallar va infografikalarni arab tilida soddalashtirilgan va oson boʻladigan tarzda nashr etish orqali texnologiya va ilm-fan sohasining soʻnggi topilmalarini har kuni yoritib borish tashabbusi boʻlgan yangi portalni ishga tushirdi.[28].Bu portalda barcha jahon standartlariga javob beradigan texnologiya texnologiyalar loyihalari arab tilida yoritib boriladi.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Museum of the Future متحف المستقبل (inglizcha), qaraldi: 2021-08-01
  2. Tom Ravenscroft. „Calligraphy-covered Museum of the Future nears completion in Dubai“. Dezeen.com (2021-yil 30-mart). — „the torus-shaped building forms a ring around a void that was designed to represent unknown knowledge(what).“. Qaraldi: 2022-yil 2-mart.
  3. „Dubai Future Foundation“. Dubaifuture.ae. — „Shaping the Future.“. Qaraldi: 2022-yil 2-mart.
  4. „An Innovative Vision at Museum of the Future - propertyfinder.ae blog“. www.propertyfinder.ae. Qaraldi: 2021-yil 1-avgust.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 Bains. „Museum of the Future: The building designed by an algorithm“ (en). www.bbc.com. Qaraldi: 2021-yil 1-avgust.
  6. „Dubai Museum of the Future opens today: 7 experiences you will find inside“.
  7. Vincent. „Dubai's 736M Museum of the Future will be full of robots and their inventors“ (en). The Verge (2015-yil 5-mart). Qaraldi: 2021-yil 1-avgust.
  8. „Our future life with intelligent machines“ (en-US). Tellart. Qaraldi: 2021-yil 1-avgust.
  9. Sophia. „Sheikh Mohammed Launches Museum Of The Future In Dubai“ (en-US). Gulf Business (2015-yil 5-mart). Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.
  10. „Museum of the Future debuts preview facility at World Government Summit | attractionsmanagement.com news“. www.attractionsmanagement.com/. Qaraldi: 2021-yil 4-avgust.
  11. „Sheikh Mohammed bin Rashid inaugurates Museum of the Future in Dubai“ (en-US). wam. Qaraldi: 2018-yil 9-aprel.
  12. „Mohammed bin Rashid approves Dubai Future Agenda and AED 1 billion Future Endowment Fund“ (en-US). wam. Qaraldi: 2018-yil 9-aprel.
  13. „Look: Dubai's Museum of the Future officially opens with stunning light projections“.
  14. 14,0 14,1 14,2 14,3 „The Museum of the Future – Experience a hopeful future for all“ (en-US). Qaraldi: 2021-yil 5-avgust.
  15. Dubai. „Dubai Design Week | Machinic Life: A Pop-Up Exhibition“ (en-us). Dubai Design Week. Qaraldi: 2021-yil 5-avgust.
  16. 16,0 16,1 „Climate Change Reimagined“ (en-US). Tellart. Qaraldi: 2021-yil 5-avgust.
  17. „Pictures: Different stages of Dubai's Museum of the Future“ (en). gulfnews.com. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  18. Michael. „Dubai plans for major Museum of the Future“ (en). Khaleej Times. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  19. 19,0 19,1 „Building the Museum of the Future“ (en). www.compositesworld.com. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  20. 20,0 20,1 „Calligraphy-covered Museum of the Future nears completion in Dubai“ (en). Dezeen (2021-yil 30-mart). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  21. „Museum of The Future - The Skyscraper Center“. www.skyscrapercenter.com. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  22. „You are being redirected...“. meconstructionnews.com. Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  23. Dom. „English Translation of three quotes of HH Sheikh Mohammed bin Rashid Al Maktoum, Vice President and Prime Minister of the United Arab Emirates written of Museum of the Future and its calligraphy engraved is written by Emirati artist Matar Bin Lahej“. Si3 Digital (2022-yil 28-fevral).
  24. „Museum of the Future's final piece of façade installed in Dubai“ (en-GB). Blooloop (2020-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-avgust.
  25. 25,0 25,1 25,2 Murphy. „Everything you need to know about Dubai's Museum of the Future“. Time Out Dubai (2020-yil 30-sentyabr).
  26. „Dubai to build world's first 3D printed office“ (en-US). wam. Qaraldi: 2018-yil 9-aprel.
  27. „Dubai Museum of the Future Foundation announces launch of Global Blockchain Council“ (en-US). wam. Qaraldi: 2018-yil 9-aprel.
  28. „Dubai Museum of the Future Foundation launches 'Mostaqbal Portal' as first of its kind initiative in region“ (en-US). wam. Qaraldi: 2018-yil 9-aprel.