Kecha-kunduzlik ritmlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kecha-kunduzlik ritmlar -biologik jarayonlar va hodisalar intensivligi va harakteridagi oʻzgarishlarning kecha-kunduz davriy takrorlanib turishi. K.-k.r. aksariyat biokimyoviy va fiziologik jarayonlar (hujayra boʻlinishining chastotasi, tana haroratining oʻzgarib turishi, moddalar almashinuvi intensivligi va h.k.)ga xos. Hayvonlarning sutkalik ritmik faolligi, oʻsimliklar barglari va gultoji barglarining holati K.k.r.ga bogʻliq, Odamlarda 100 ga yaqin fiziologik funksiyalarning K.-k.r.ga ega ekanligi aniqlangan. K.-k.r. koʻp hujayrali organizmlarning ayrim hujayralarida ham mavjud. Hayvonlar miyasida organlar va hujayralarning K.-k.r.ini bir-biri hamda tashqi muhit oʻzgarishlari bilan muvofiqlashtiruvchi markazlar aniqlangan. Tabiatda K.-k.r. endogen ritmdan va muhitning kechakunduz oʻzgarishlariga koʻrsatadigan reaksiyalaridan iborat. Muhitning tabiiy ritmi buzilganda organizm turli fiziologik funksiyalari K.-k.r.ining mutanosibligi yuqoladi. Bunday hol hayvon va usimliklarni sunʼiy sharoitda koʻpaytirilganda, biror poyasdan boshqasiga uchib oʻtilganda, shuningdek, odamni tabiiy ravishda oʻzgaruvchi muhitdan ajratib qoʻyilganda (mas, kosmik parvozda) kuzatiladi. Bu holat organizmda patologik uzgarishlarning kelib chiqishiga ham sabab boʻlishi mumkin.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil