Kazunsey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kazunsey (italyancha: casunziei, shuningdek: casonciei, casanzes, csanzöi) — yarim oy shaklida buklangan ravioli yoki tuxumbarak kabi ishi toʻldirilgan xamir mahsulotining bir turi[1]. Italiya makaroni toifasiga mansub. Odatda, bu xamir mahsulotlari uy sharoitida tayyorlanib, Italiyaning shimoli-sharqiy qismida, ayniqsa Belluno, Bolzano va Trento provinsiyalarida Venetsiya, Dolomit togʻlari pazandalik anʼanalariga xosdir[2][3][4][5].

Yupqa varaqdan kesilgan, diametri taxminan 4-5 sm boʻlgan kvadrat yoki yumaloq lapshalar yarmiga taxlanadi va tuxumbarak kabi qirralarning boʻylab bir-biriga bosiladi. Oldindan pishirilgan va maydalangan masalliq hududga qarab farq qiladi va odatda, sabzavot va rikotta pishlogʻini oʻz ichiga oladi. Kortina d' Ampezzodan original retseptlar: lavlagi, kartoshka va qizil Verona sholgʻomi bilan „qizil“ variant (casunziei rosc); ismaloq va yovvoyi shnit-piyoz bilan toʻldirilgan „yashil“ variant (casunziei verdes)[3]. Boshqa turlariga qovoq yoki turp solinadi. Ichiga solishga vetchina, qoʻziqorin, pishloq turlari, koʻknori urugʻi kabi boshqa ingrediyentlar boʻlishi mumkin. Xususan, kazunsey all’ampezzana qizil va sariq sholgʻom bilan toʻldiriladi va odatda eritilgan sariyogʻ, koʻknor urugʻi va parmezan pishloqi bilan birga dasturxonga tortiladi[2][6]. Mavrak taʼmli eritilgan sariyogʻ yoki turpga asoslangan sous bilan birga tortiladigan variantlari mavjud[3].

Chencheniga-Agordinoda kazunsey maydalangan koʻknori urugʻi va asal bilan birga tortiladigan anʼanaviy Rojdestvo bayrami taomi edi[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Casunzièi“ (it). infodolomiti.it. 2019-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-iyun.
  2. 2,0 2,1 „Belluno“. infodolomiti.it. 2011-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Casunziei description at prodottitipici.com (in Italian). Accessed on 2010-01-14.
  4. Atlante dei Prodotti tradizionali ed agroalimentari del Veneto. Veneto regional government and Veneto Agricoltura. Cited by prodottitipici.com as their source.
  5. Casunziei picture at the Belluno provincial government site. Accessed on 2010-01-14.
  6. „Casunziei Recipe“.

Boshqa manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]