Kazarka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kazarka (Branta) — gʻozsimonlar turkumiga mansub qush urugʻi, 5 ta turi bor. Tashqi koʻrinishi gʻozga oʻxshaydi, ammo ancha kichik. Rangi har xil, asosan, qoramtir, panjalari qora, jinsiy dimorfizmi rivojlanmagan. Yevropa, Osiyo, Shim. Amerikadatarqalgan. Oʻzbekistonda qizil tomoq K.ni baʼzan migratsiya davrida uchratish mumkin. K.lar muhim ov qushi hisoblanadi. Gavay K. (V. sandvicensis) Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil