Kayqubod
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kayqubod, Kavi Kavata - Eron mifologiyasida va afsonaviy tarixida kayoniylar sulolasi asoschisi. "Shohnoma"ga koʻra, Garshasp vafotidan soʻng podshoh taxti boʻsh qolgan. Zol va Rustam K.ni chaqirtiradilar, Rustam K.ni Alburz togʻi yon bagridan topadi. K. shoxligi davrida Afrosiyob boshchiligidagi Turon qoʻshini tor-mor qilinib, Eron bilan Turon oʻrtasidagi chegara Jayxun (Amudaryo) boʻylab belgilangan, mamlakatda bir oz muddatga tinchlik, osoyishtalik qaror topgan, deb naql qilinadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |