Kayla Pedersen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kayla Pedersen
Erkin agent
Pozitsiyasi Hujumchi
Liga WNBA
Shaxsiy maʼlumot
Tavalludi 14-aprel 1989-yil (1989-04-14) (35 yosh)
Flint, Michigan
Millati Amerikalik
Boʻyi 6 ft 4 in (1.93 m)
Karyera maʼlumoti
Maktab Red Mountain (Mesa, Arizona)
Kollej Stanford (2007-2011)
WNBA drafti 2011 / Tur: 1 / Tanlash: 7- overall
Tulsa Shock tomonidan tanlangan
Oʻyin karyerasi 2011-hozirgacha
Statistikalar WNBA.com saytida
Statistikalar Basketball-Reference.com saytida
Medallari
AQSH bayrogʻi AQSh vakili

Kayla Danielle Pedersen (1989-yil 14-aprelda tugʻilgan) — amerikalik basketbol hujumchisi, hozirda erkin agent.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrta maktab davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pedersen Arizona shtatining Mesa shahridagi Red Mountain oʻrta maktabiga borgan. U oʻz jamoasini 5A-DI shtat unvoniga olib chiqishga katta yordam bergan. U 2611 ball, 1444 ribaund, 434 assist va 304 blok qayd etgan holda, 5A rekordini o‘rnata olgan.

AQSHdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pedersen Colorado shtatining Colorado Springs shahrida boʻlib oʻtgan FIBA Amerika chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan AQSh U18 ayollar terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Final oʻyini 2006-yil iyul oyida boʻlib oʻtgan.Unda AQSh jamoasi Kanadani magʻlub etib, chempionlikni qoʻlga kiritgan. U chempionat davomida har bir o‘yinda o‘rtacha 6,0 ball to‘plagan.

Pedersen Slovakiyaning Bratislava shahrida boʻlib oʻtgan FIBA U19 jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan AQSh U19 ayollar terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Final oʻyini 2007-yilning iyul va avgust oylarida boʻlib oʻtgan. Unda AQSh jamoasi Shvetsiyani magʻlub etib, chempionlikni qoʻlga kiritgan. Pedersen har bir o‘yinda o‘rtacha 2,8 ochko to‘plagan.

Pedersen 2009-yilda Serbiyaning Belgrad shahrida boʻlib oʻtgan Jahon universitet oʻyinlarida AQSH sharafini himoya qilish uchun tanlangan. Jamoa oltin medalni qo‘lga kiritish uchun yettita o‘yinning barchasida g‘alaba qozongan. Pedersen har bir o‘yinda o‘rtacha 5,1 ochko to‘plagan holda jamoaning uchinchi yetakchi rebounderi bo‘lgan.

Stanford jamoasidagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stanford jamoasi ravnaqiga Pedersen katta hissa qoʻshgan. Birinchi kurs talabasi sifatida jamoa toʻrtlik finaliga chiqqan, U har bir oʻyinda oʻrtacha 12,6 ball toʻplagan. U Pac-10 boʻyicha yilning eng yaxshi himoyachisi deb topilgan.[1] Yakunda jamoa final toʻrtligida UConn jamoasiga (Connecticut) magʻlub boʻldi, ammo Pedersen 17 ochko va 7 ribaundni qayd etib, muxlislarning koʻp olqishiga sazovor boʻldi. UConn jamoasi ularning muvaffaqiyati yoʻlida katta toʻsiq boʻlishda davom etdi, lekin Stanford nihoyat UConn jamoasini 2010-yil 30-dekabrda magʻlub etdi. Biroq, Stanford final toʻrtligida Texas A&M jamoasiga yutqazdi. Pedersen ikkala oʻyin (150) va oʻynagan daqiqalar (4,762) boʻyicha Stanforddagi karyera rekordlarini oʻrnatgan.[1]

WNBA mavsumi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pedersen Tulsa Shock jamoasi tomonidan 2011-yilgi WNBA draftida 7-oʻrinda jamoaga tanlangan.[2][3] Sobiq bosh murabbiy Nolan Richardson bir vaqtlar uni „Larri Bird tipidagi ayol basketbolchi“ deb atagan.[4][5]

2013-yil 20-iyunda Pedersen 2014-yilgi WNBA draftida 2-raund tanlovi uchun Connecticut Sun jamoasiga almashtirildi.

Stanford statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manba[6]

Jadval tavsifi
  GP Oʻynalgan oʻyinlar   GS  Oʻyinlar boshlanishi  MPG  Oʻyin uchun daqiqalar
 FG%  Maydondagi gollar foizi  3P%  Uch ochkoli gollar foizi  FT%  Erkin to'p otish foizi
 RPG  Har bir oʻyindagi rebound (basketbol)  APG  Har bir oʻyin uchun Assist (basketbol)  SPG  Har bir oʻyin uchun
to'p saqlash (basketbol)
 BPG  Har bir oʻyin uchun bloklar (basketbol)  PPG  Oʻyin uchun ochko  Bold  Karyera
Yil Jamoa GP Ballar FG% 3P% FT% RPG APG SPG BPG PPG
2007—2008 Stanford 39 492 49.7 35.5 71.3 8.4 1.6 0,8 0,6 12.6
2008—2009 Stanford 38 410 43.3 34.0 67.3 7.8 2.2 0,9 0,6 10.8
2009—2010 Stanford 38 599 45.9 37.7 82.3 9.5 2.7 0,6 0.4 15.8
2010—2011 Stanford 35 440 46.6 26.2 78.3 8.0 3.5 1.0 0,8 12.6
Faoliyati Stanford 150 1941 46.4 33.3 75.7 8.4 2.5 0,8 0,6 12.9

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pedersen 1989-yil 14-aprelda Michigan shtatining Flint shahrida Kelly va Gary Pedersen oilasida tugʻilgan.[7] Uning otasi Kaliforniyadagi Sent-Meri’s basketbol jamoasida oʻynagan.[8] Oilasi keyinchalik u olti yosh boʻlganida Arizona shtatining Fountain Hills shahriga koʻchib oʻtgan.[9] Uning Kyle ismli bitta ukasi bor.[10]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Heller. „Kayla Pederson drafted in first round of WNBA draft“. East Valley Tribune (2011-yil 11-aprel). 2012-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-avgust.
  2. 2011 WNBA Draft board
  3. „Shock Selects Kayla Pedersen From Stanford With Seventh Overall Pick“. wnba.com. 2011-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-avgust.
  4. „Top 10 Material“. The Daily Axe (2011-yil 12-aprel). 2012-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 11-avgust.
  5. „Coach Nolan Richardson Reviews the 2011 WNBA Draft“. WNBA. Qaraldi: 2011-yil 11-avgust.
  6. „NCAA® Career Statistics“. web1.ncaa.org. Qaraldi: 2016-yil 16-may.
  7. Woodyard. „WNBA Draft pick, Kayla Pedersen, has ties to the Flint Area“. Flint Journal (2011-yil 29-aprel). Qaraldi: 2011-yil 11-avgust.
  8. „2010 USA Basketball Women’s Select Team“. USA Basketball. 2011-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 12-avgust.
  9. Woodyard. „Flint native Kayla Pedersen's return to Arizona is blemished with a loss to the Phoenix Mercury“. Flint Journal (2011-yil 11-iyul). Qaraldi: 2011-yil 12-avgust.
  10. Voepel. „Versatility is Pedersen's calling card“. ESPN. Qaraldi: 2011-yil 12-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]