Kavshar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kavshar — kavsharlash jarayonida biriktiriladigan detallar orasini (tirqishni) toʻldiruvchi metall yoki qotishma; erish t-rasi biriktiriladigan materiallarning erish t-rasidan past boʻladi. K.ning eng keng tarqalgan asosiy komponentlari qalay, rux, mis, qoʻrgʻoshin, titan, kumush. K. erish t-rasi boʻyicha alohida yengil eruvchan (t sh< 145°), yengil eruvchan (145<1erish<450°), oʻrtacha eruvchan (450<t sh< 1 850°), yuqori eruvchan (1100 <^”r„sh< 1100°), qiyin eruvchan (1erish< 1850°) turlarga boʻlinadi. Juda yengil va yengil eruvchan K., asosan, qalay va qoʻrgʻoshin qotishmalaridan, oʻrtacha va yuqori eruvchan K. mis — pyx va kumush qotishmalardan tayyorlanadi. Eritiladigan metall zarralar va kavsharlash vaqtida erimaydigan toʻldirgichlardan iborat boʻlgan K.ga metallokeramik K., flyus hosil qiluvchi elementlar bilan legirlanadiganini oʻzi flyuslanadigan K. deyiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil