Kavkaz urushlari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kavkaz urushlari - Kavkazni bosib olish uchun Rossiya imperiyasining olib borgan urushlari (18—19-asr lar). Pyotr davridayok, Rossiya Kavkazni egallash uchun harbiy harakatlarni boshlagan edi. Dastlab Dogʻistonning dengiz sohilidagi hududi va Shim. Ozarbayjonni bosib oldi (1722—23). Rossiya-Turkiya urushi (1768—74) natijasida Kabarda uzil-kesil Rossiyaga oʻtdi. 1783-yil Rossiya Sharqiy Gruziyani egalladi. 1802—06 y. larda Gʻarbiy Gruziya, Osetiya va Ozarbayjonning qolgan qismi, 1810-yilda Abxaziya Rossiya tomonidan bosib olindi.
Usmonli turk imperiyasi va Eron bilan Rossiyaning manfaatlari Kavkazda toʻqnashganligi bu yerdagi kurash jarayoniga oʻz taʼsirini oʻtkazmasdan qolmadi. Kavkazdagi xalqlar Rossiya bosqiniga qarshi milliy ozodlik harakatini avj oldirdilar. Bu harakatga 1830-yillarda Gʻozi Muhammad, Hamzat, 1834-yil dan imom Shomil boshchilik qildi. 1843-yil Shomil bir necha rus istehkomlarini egallab, Rossiya qoʻshinlariga jiddiy zarbalar berdi. Ruslarning Kizlyar va Darband sh.lari bilan aloqalari uzib qoʻyildi, Temirxon Shoʻra (hoz. Buynaksk) sh.ni ozod qilish uchun ayovsiz janglar boʻldi. Ruslardan ozod qilingan Dogʻiston va Checheniston hududida Shomil harbiy liniy davlat — imomat tashkil qildi (qarang Muridchilik). Togʻliklarning Rossiyaga karshi olib borgan ozodlik harakatlari iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli 1850-y.larning oxiriga kelib zaiflashdi. Usmonli turk imperiyasidan kelayotgan yordam ham toʻxtadi. 1859-yil Shomilning soʻnggi tayanch punkti — Gunib ovuli qoʻldan ketdi. K.u. 1864-yil ruslar tomonidan Gʻarbiy Kavkazni bosib olish bilan tugallandi. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |