Kaverna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kaverna (lotincha: caverna — gʻor, boʻshliq)— odam va hayvonlar ichki aʼzolari (oʻpka, jigar, buyrak, suyaklar) toʻqimasining zararlanib, irishi natijasida hosil boʻlgan kovak (boʻshliq). K., koʻpincha, kavernali sil, yiringli yalligʻlanish va h.k. da paydo boʻlib, patologik jarayon hamda turli asoratlarning avj olishiga olib keladi. K. ning diametri har xil; oʻpkaning bir boʻlagini yoki butunlay hammasini egallab olishi mumkin.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil