Kautskiy Karl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

KAUTSKIY (Kautsky) Karl (1854.16.10 — 1938.17.10) — Germaniya sotsial-demokratiyasi, 2-Internatsional yetakchilari va nazariyotchilaridan biri. 1883— 1917-yillarda Germaniya sotsialdemokratiyasi nazariy jurnal "Noye sayt" muharriri. 19-asr 80-y.larida va 20-asr boshlarida marksizm ruhida asarlar yozgan, 1885—90-yillarda F. Engels bilan hamkorlik qilgan. Ammo keyinchalik, 1905-yildan boshlab radikal markschilar (R.Lyuksemburg va b.)ga qarshi keskin kurash boshladi. Birinchi jahon urushi boshlanganidan soʻng marksizmdan tamoman voz kechdi. Qurolli kurashni emas, balki parlament usulidagi kurashni ijtimoiy inqilobning omili deb bildi. K. Rossiyadagi Oktyabr toʻntarishiga, proletariat diktaturasi oʻrnatilishiga qarshi chiqqan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil