Kattasoy (Tojikiston)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kattasoy (boshlanishida Oqsuv, oʻrta oqimida Kengkoʻlsoy deb ham ataladi) — Tojikistondagi soy. Sirdaryoning chap irmogʻi. Uzunligi 58 km, havzasining mayd. 631 km2. Oqsoy dovonidan 1,5 km jan.-sharqdan boshlanadi. K.ga Koʻktepa, Koʻrganoq togʻlarining shim. yon bagʻirlaridan oqib tushadigan 15 ta irmoq kelib qoʻshiladi. Shim.-sharqiy yoʻnalishda oqadi, Sirdaryogacha yetib bormaydi, Qushkent qishlogʻidan 5 km jan.sharqda qurib qoladi. K. qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,88 m3/sek. Toʻlinsuv davri aprel—avg . oylariga toʻgʻri keladi. K.da Kattasoy suv ombori qurilgan. K. suvi bilan Jizzax viloyati Zomin tumanining Tojikiston bilan chegaradosh yerlari ham sugʻoriladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil