Kontent qismiga oʻtish

Kattasoy (Tojikiston)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kattasoy (boshlanishida Oqsuv, oʻrta oqimida Kengkoʻlsoy deb ham ataladi) — Tojikistondagi soy. Sirdaryoning chap irmogʻi. Uzunligi 58 km, havzasining mayd. 631 km2. Oqsoy dovonidan 1,5 km janubiy-sharqdan boshlanadi. Kattasoyga Koʻktepa, Koʻrganoq togʻlarining shimoliy yon bagʻirlaridan oqib tushadigan 15 ta irmoq kelib qoʻshiladi. Shimoliy-sharqiy yoʻnalishda oqadi, Sirdaryogacha yetib bormaydi, Qushkent qishlogʻidan 5 km janubiy-sharqda qurib qoladi. Kattasoy qor, yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 1,88 m3/sek. Toʻlinsuv davri aprel—avgust oylariga toʻgʻri keladi. K.da Kattasoy suv ombori qurilgan. Kattasoy suvi bilan Jizzax viloyati Zomin tumanining Tojikiston bilan chegaradosh yerlari ham sugʻoriladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil