Katta tuzkon makonlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Katta tuzkon makonlari -neolit davrining Kaltaminor madaniyatiga mansub makonlar. Buxoro viloyati, Qorakoʻl tumani markazidan 40 km shim.-gʻarbda joylashgan. Katta Tuzkondan 35 makon, Kichik Tuzkondan esa 3 makon oʻrganilgan. K.T.m.da choʻrtan, zogʻora, laqqa baliqlar, jayran, yovvoyi ot va b. hayvon suyaklari uchraydi.

Juda koʻp miqdorda mikrolitlar, paykonlar, romb yoki trapetsiya shaklidagi chaqmoqtosh yaproqchalari, bigizlar va b. topilgan. Kulolchilik charxida ishlanmagan sopol idishlar toʻlqinsimon chiziq yoki chuqurcha shaklidagi naqshlar bilan bezatilgan. K.T.m. qabilalari Oʻrta Osiyoning choʻl va dashtida yashovchi qabilalar bilan yaqin aloqada boʻlgan.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Gulyamov Ya. G., Islamov U., Askarov A., Pervobitnaya kultura i vozniknoveniye oroshayemogo zemledeliya v nizovyax Zarafshana, T., 1966.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil