Katta bozor masjidi
Masjid | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Hudud | Lankaran shahri |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Binokorlik sanasi | XVIII—XIX asrlar |
Umumiy maydoni | 500 m² |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar balandligi | 36 m |
Qurilish materiali | gʻisht |
Katta bozor masjidi Vikiomborda |
Katta Bozor masjidi (ozarbayjoncha: Böyük Bazar məscidi) – Ozarbayjonning Lankaran shahrida joylashgan masjid[1]. Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 2-avgustdagi qarori bilan ushbu masjid mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan tarix va madaniyat meʼmoriy yodgorligi sifatida davlat muhofazasiga olingan (4805-son)[2].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Katta bozor masjidi XIX asrning dastlabki yillarida qurilgan boʻlib, hozirda shahardagi eng qadimgi masjid hisoblanadi[3]. Masjid devorlari qizil pishiq gʻishtdan qurilgan, tomi sopol koshinlar bilan qoplangan.
Masjid nomi oʻzi joylashgan shahar – Lankaron markazidagi Böyük Bazar (Katta bozor) nomidan olingan[4]. 1929-yilgacha masjidda oltita takya mavjud boʻlgan. Ushbu takyalarning nomi ularni quruvchilar nomidan olingan. Takya Karbalaya Husayn, general Mir Abbosxon Talishinskiy, Karimovlar, Hoji Manaf va Hoji Alasgar takyalari 1930-yillarda Sovet istilosidan keyin yoʻq qilinadi. Takya Hoji Hojiagi Akbarov esa oʻzgarishsiz qoladi. Masjiddan 1938—1980-yillarda non zavodi sifatida foydalanilgan, 1980—1990-yillarda esa galereyaga aylantirilgan[5].
Masjid asosiy va yordamchi binolar hamda bitta minoradan iborat. Masjidning asl minorasi sovet tuzumi tomonidan vayron qilingan, 1995-yilda esa 36 metrli yangi minora qurilgan. Masjidning maydoni 500 m² boʻlib, masjidda bir vaqtning oʻzida 550 kishi namoz oʻqishi mumkin[6].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Masjidning fasad qismi
-
Takya Hoji Hojiagi Akbarov
-
Takya Hoji Hojiagi Akbarov
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Mirhaşım Talışlı, Etibar Əhədov. Lənkəran Ensiklopedik Məlumat. Baku: 3 saylı Bakı Mətbəəsi, 2017 — 97–98-bet.
- ↑ „Azərbaycan Respublikası Mədəniyyət Nazirliyi Mədəni İrsin Qorunması, İnkişafı və Bərpası üzrə Dövlət Xidməti“. heritage.gov.az. Qaraldi: 2021-yil 21-iyul.
- ↑ „Lənkəran şəhəri, Böyük Bazar məscidi“ (az). scwra.gov.az. 2021-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-iyul.
- ↑ „Lənkəran mədəniyyəti“ (az). lenkeran-ih.gov.az. 2013-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-iyul.
- ↑ Mirhaşım Talışlı, Etibar Əhədov. Lənkəran Ensiklopedik Məlumat. Baku: 3 saylı Bakı Mətbəəsi, 2017 — 97–98-bet.
- ↑ „Lənkəranda yerləşən Böyük Bazar məscidi“ (az). baku-art.com (2021-yil 25-yanvar). 2021-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-iyul.