Katta Kanyon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Katta kanyonAQShning Arizona shtatidagi dara. Kolorado platosidan oqib oʻtadigan Kolorado daryosining oʻrta oqimida. Dunyodagi eng chuqur daralardan biri. Litl-Kolorado daryosining quyilish joyidan boshlab quyi oqimi tomon 446 km ga choʻzilgan. Chuq. 1600 m gacha, eni 8–25 km, tubida esa 1 km (ayrim joylarida 120 m). Tik yon bagʻrida ustun, piramida, qalʼa shaklidagi qoyalar koʻp.Kolorado daryosi arxey erasidan to yuqori paleozoyning choʻkindi jinslarigacha boʻlgan turli rangdagi gorizontal qatlamlarni kesib oʻtgan. K.k. Kolorado daryosining eroziyasi natijasida kaynozoyda vujudga kelgan. Dara juda manzarali milliy park hisoblanadi. Turistlar koʻp keladi.[1]

Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil