Kontent qismiga oʻtish

Kastamonu Universiteti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kastamonu universiteti
Turi Davlat Universiteti
Asos solingan sanasi 2006-yil
Rektori Prof. Dr. Ahmet Hamdi Topal
Talabalari 29399 nafar
Manzili
Veb-sayti www.kastamonu.edu.tr

Kastamonu universiteti 2006-yilda Turkiyaning Kastamonu shahrida tashkil etilgan davlat universitetidir[1]. Bugungi kunda universitet 13 ta fakultet, 2 ta institut, 4 ta kollej va 13 ta kasb-hunar maktabi bilan oʻz faoliyatini davom ettirmoqda. Taʼlim haligacha Usmonli davridan qolgan tarixiy binolarda olib boriladi. Kastamonu universitetining 810 nafar professor-oʻqituvchilari 16894 nafar bakalavr va 4452 nafar magistratura talabalariga taʼlim berib kelmoqda.

Kastamonu Universiteti Vazirlar Kengashining 2006-yil 17-martdagi 5467-sonli Qarori bilan tashkil etilgan. Universitetning taʼsischi rektori professor Dr. Kadri Yamach boʻlgan. Kastamonu Universitetining hozirgi rektori prof. Dr. Ahmet Hamdi Topaldir[2].

Universitetning asosiy kampusi Kuzeykent shaharchasida joylashgan. Kampus tarkibiga 1 ta kasb-hunar maktabi binosi, konferentsiya zali, yopiq sport zali, 10 ta laboratoriya, ilmiy markazlar, ochiq va yopiq sport maydonchalari va yotoqxona kiradi. Kampus mydoni 800 gektarni tashkil etadi.

Kastamonu universiteti kampuslarida jami 10 ta talabalar yotoqxonasi mavjud. Talabalar turar joylari joylashgan hududlarda sport maydonchalari, sport zallari, futbol va basketbol maydonchalari va tennis kortlari mavjud. Bundan tashqari, kampusda savdo markazi, bank filiallari bor. Yotoqxonalar va shahar markazi oʻrtasida mikroavtobuslar va shahar avtobuslari soat 07:00 dan 24:00 gacha qatnovni amalga oshiradi.

Kastamonu universitetida o‘quv yili ikki semestrdan iborat. Oʻquv yilining birinchi semestri odatda sentyabr oyining oxirgi haftalarida boshlanadi va yanvar oyi oʻrtalarida tugaydi. Ikkinchi semestr fevral oyining oʻrtalarida boshlanadi va iyun oʻrtalarida tugaydi.

Akademik birliklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fakultetlar

  • Taʼlim fakulteti
  • Veterinariya fakulteti
  • Sanʼat va fanlar fakulteti
  • Muhandislik va arxitektura fakulteti
  • O‘rmon xo‘jaligi fakulteti
  • Iqtisodiyot va maʼmuriy fanlar fakulteti
  • Ilohiyot fakulteti
  • Aloqa fakulteti
  • Baliqchilik fakulteti
  • Turizm fakulteti

Institutlar

  • Fan va texnologiya instituti

Rasmiy sayt

  1. „Arşivlenmiş kopya“. 28-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-mart 2010-yil.
  2. „Arşivlenmiş kopya“. 26-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-mart 2010-yil.