Kasik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kasik (ispancha cacique) — 1) Meksika, Vest-Indiya va Markaziy Amerikadagi indeyslar yoʻlboshchisi (dohiysi). K. lavozimi, odatda, maʼlum urugʻ, oilada merosiy boʻlgan. K.lar va ularning avlodidan atsteklar, mayya va b. xalklarning zodagon tabakalari shakllangan. K.larning bir qismi ispan mustamlakachilari tomoniga oʻtgan va katta yer egalari, amaldorlarga aylangan; 2) Lotin Amerikasi va Ispaniyaning maʼlum viloyatlarida harbiylardan chiqib hokimiyatni egallab olgan obroʻli siyosatdonlarning atalishi. K.lar yordamida markaziy hokimiyat oʻz hukmronligini joylarda olib borgan boshqarish tartibi kasikizm deb nom olgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil