Kashkadarya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kashkadarinskaya (Qashqadaryo) — Qashqadaryo viloyati hokimligining ijtimoiy-siyosiy gazetasi. Qarshi sh.da rus tilida haftada 1 marta chop etiladi. 1943-yil 18-iyunda "Kashkadarinskaya pravda" nomi bilan 1-soni chiqqan. 1997-yildan hozirgi nomda. 1996-yil "Kashkadarinskaya" tahririyati "Qashqadaryo" gazetasi tahririyatiga qoʻshildi. Gazeta sahifalarida istiqlol mafkurasi, milliy gʻoyani shakllantirish, viloyatda roʻy berayotgan siyosiy, ijtimoiy jarayonlar, iqtisodiy islohotlar va b. mavzular oʻz aksini topmoqda. 2002-yildan gazetaga "TV+krossvord" ilovasi qoʻshib chiqariladi. Adadi 3000 (2002).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil