Kasai

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kasai (quyi oqimida Kva) — Markaziy Afrikadagi daryo, Angola va Kongo Demokratik Respublikasi xududida. Kongo daryosining yirik chap irmogʻi. Uz. 2000 km, havzasining mayd. 880,2 ming km2. Lunda platosidan boshlanib, uning shim. yon bagʻirlari boʻylab ostona va sharsharalar hosil qilib, Kongo botigʻiga oqib tushadi. Quyi oqimida koʻlga oʻxshash shakllarni hosil qilgan. Yirik irmoqlari: oʻngdan — Lulua, Sankuru, Fimi; chapdan — Kvango. Sent—okt.dan aprelgacha toʻlib oqadi. Oʻrtacha suv sarfi 10 ming m3/sek. Baliq ovlanadi. Quyilish joyidan boshlab 790 km masofada kema qatnaydi. Yirik pristani — Ilebo. K. havzasida yirik olmos konlari bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil