Karting
Qiyofa
Karting (ing . carting) — kartlar (osma qurilmasiz, kuzovi yoʻq jajji avtomobillar)da oʻtkaziladigan sport poygasi. K. yoʻllari har xil (koʻpincha, kichik) radiusli oʻng va soʻl burilishlari soni koʻp boʻlgan murakkab shakli bilan ajralib turadi; yoʻlning uzunligi, Xalqaro avtomobil federatsiyasi talablariga binoan 400 m dan 1200 m gacha, kengligi 6 m dan 10 m gacha boʻladi. Toʻgʻri yoʻlning uz. 100 m dan oshmaydi. Toʻgʻri yoʻdda kartlarning tezligi soatiga 150 km gacha boradi. K. 1950-yillar oʻrtasi AQShda paydo boʻldi. 1959 y.dan K. boʻyicha jahon chempionati musobaqalari oʻtkazib kelinadi (yana q. Avtomobil sporti). [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |