Karol Linetty
Karol Linetty ![]() | |
---|---|
![]() | |
Umumiy maʼlumotlari | |
Tugʻilgan |
2-fevral 1995-yil[1] (27 yosh) |
Fuqaroligi | |
Boʻyi |
176 cm |
Vazni |
74 kg |
Pozitsiyasi |
markaziy yarim himoyachi |
Hozirgi jamoasi | |
Klub | |
Raqami |
77 |
![]() |
Karol Linetty (talaffuzi: Karol Linetti) 1995-yil 2-fevralda Polshada tavallud topgan. Polshalik futbolchi Torino klubi va Polsha terma jamoasi yarim himoyachisi. 2016-yilgi Yevropa chempionati, 2018-yilgi jahon chempionati va 2020-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi.
Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Karol Linetty „Lech“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2012-yil 2-noyabrda „Wisła Kraków“ga qarshi oʻyinda u Polsha chempionatida debyut qildi[2]. 2014-yil 1-mart kuni „Piast“ga qarshi kechgan bahsda Karol „Lech“ safida ilk golini urdi[3]. 2015-yilda Karol Linetty klubga chempionlik va Polsha Superkubogini yutishda yordam berdi.
2016-yilning yozida Karol Italiyaning „Sampdoria“ klubiga oʻtdi. Transfer summasi 3 million yevroni tashkil qildi[4]. 21-avgust kuni „Empoli“ga qarshi oʻyinda Karol Linetty Italiya A seriyasida debyut qildi[5]. 7-may kuni „Lazio“ga qarshi oʻyinda u „Sampdoria“ safida ilk golini urdi[6].
2020-yil 26-avgustda u „Sampdoria“dan A Seriyaning boshqa klubi — „Torino“ga ko‘chib o‘tdi[7][8]. Transfer summasi bonuslar bilan birga 7,5 million yevroni tashkil etdi va shartnoma 2024-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi[8]. 2020-yil 19-sentabrda u „Fiorentina“ga qarshi safar o‘yinida „Torino“ safida debyut qildi[9]. 2020-yil 23-oktabrda u „Sassuolo“ga qarshi uy uchrashuvida „Torino“ safidagi ilk golini kiritib, o‘yinning 33-daqiqasida hisobni ochdi[10].
Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2012-yilda Karol Linetty Sloveniyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Turnirda u Belgiya, Sloveniya, Gollandiya va Germaniya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[11][12][13][14].
2014-yil 18-yanvarda Norvegiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Karol Polsha terma jamoasi safida debyut qildi [15] . Oʻsha oʻyinda u terma jamoadagi ilk golini urdi.
2016-yilning yozida terma jamoa tarkibida Karol Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u zaxiradan maydonga tushmadi.
2017-yilda Polsha yoshlar terma jamoasi tarkibida Karol Linetty yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Slovakiya, Shvetsiya va Angliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[16][17][18].
2018-yilda Karol Linetty Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u zaxiradan maydonga tushmadi.
Jamoalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nomi | Mamlakat | Mavsum | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|---|
Lech Poznań | ![]() |
2012-2016 | 112 | 11 |
U. C. Sampdoria | ![]() |
2016-2020 | 132 | 11 |
Torino F. C. | ![]() |
2020- | 58 | 1 |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Karol Linetty // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
- ↑ „Висла Краков VS. Лех 0:1“ (en). soccerway.com (2012—11—02). Qaraldi: 13-may 2016-yil.
- ↑ „Лех VS. Пяст 4:0“ (en). soccerway.com (2014—03—01). Qaraldi: 13-may 2016-yil.
- ↑ „«Сампдория» купила хавбека сборной Польши Линетти“ (ru). sports.ru (2016—07—29). Qaraldi: 1-avgust 2016-yil.
- ↑ „Эмполи VS. Сампдория 0:1“ (en). soccerway.com (2016—08—21). Qaraldi: 11-oktabr 2016-yil.
- ↑ „Лацио VS. Сампдория 7:3“ (en). soccerway.com (2017—05—07). Qaraldi: 10-may 2017-yil.
- ↑ „VLinetty al Toro“ (it). torinofc.it. Официальный сайт ФК «Торино» (26-avgust 2020-yil). 18-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-mart 2021-yil.
- ↑ 8,0 8,1 „Торино подписал Линетти“ (ru). football.ua. Football.ua (26-avgust 2020-yil). 21-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-mart 2021-yil.
- ↑ „Fiorentina-Torino 1-0“ (it). torinofc.it. Официальный сайт ФК «Торино» (19-sentabr 2020-yil). 7-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-mart 2021-yil.
- ↑ „Sassuolo-Torino 3-3“ (it). torinofc.it. Официальный сайт ФК «Торино» (23-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 21-mart 2021-yil.
- ↑ „Польша (до 17) VS. Бельгия (до 17) 1:0“ (en). soccerway.com (2012—05—04). Qaraldi: 13-may 2016-yil.
- ↑ „Словения (до 17) VS. Польша (до 17) 1:1“ (en). soccerway.com (2012—05—07). Qaraldi: 13-may 2016-yil.
- ↑ „Нидерланды (до 17) VS. Польша (до 17) 0:0“ (en). soccerway.com (2012—05—10). Qaraldi: 13-may 2016-yil.
- ↑ „Германия (до 17) VS. Польша (до 17) 1:0“ (en). soccerway.com (2012—05—13). Qaraldi: 13-may 2016-yil.
- ↑ „Польша VS. Норвегия 3:0“ (en). soccerway.com (2014—01—18). Qaraldi: 13-may 2016-yil.
- ↑ „Польша (до 21) VS. Словакия (до 21) 1:2“ (en). soccerway.com (16-iyun 2017-yil). 21-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-iyun 2017-yil.
- ↑ „Польша (до 21) VS. Швеция (до 21) 2:2“ (en). soccerway.com (19-iyun 2017-yil). 20-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-iyun 2017-yil.
- ↑ „Англия (до 21) VS. Польша (до 21) 3:0“ (en). soccerway.com (22-iyun 2017-yil). 25-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-iyun 2017-yil.