Karlsbad gʻorlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Karlsbad gʻorlari - AQShdagi karst gʻorlari. Guadalupe togʻlarida (Qoyali togʻlarningjan. qismi), NyuMeksiko shtatida, Karlsbad sh.dan jan.gʻarbda joylashgan. Boʻshliqlari (ungurlari)ning hajmi jihatidan dunyoda eng yirik. Chuq. 339 m gacha, oʻrganilgan qismidagi barcha oʻtish joylari va zallarining umumiy uz. 60 km. Eng katta zali T harfi shaklida. Gʻorlarda koʻrshapalakning 10 dan ortiq turi yashaydi. Zallarining kattaligi, ulkan stalagmitlar, ungurlarining chiroyi koʻplab turistlarni oʻziga jalb etadi. 1930 y.dan milliy park deb eʼlon qilingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil