Karl Rozental

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Karl Feodorovich Rozental
Tavalludi 27-iyul 1890-yil
Vafoti 15-noyabr 1983-yil
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR

Karl Feodorovich Rozental (ruscha: Карл Фёдорович Розенталь; 27-iyul 1890-yil – 1983-yil 15-noyabr) – sovet inqilobchisi va sovet hukumati amaldori, 1919-yilda Litva Sotsialistik Sovet Respublikasi va Belorussiyada pochta va telekommunikatsiyalar boʻyicha xalq komissari (yaʼni vazirlar mahkamasidagi bir lavozim) boʻlib ishlagan.

Yoshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rozental 1890-yil 27-iyulda Rigada tugʻilgan[1]. Uning otasi mebel fabrikasida nazoratchi boʻlib ishlagan[1]. Dvinskdagi Realschuleni[1] va Rozental kechki texnik kurslarida taʼlim olgan. 1907-yilda Transkaspiy temir yoʻlida ishlay boshladi[1]. 1912-yil iyun oyidan boshlab u Toshkentda boʻlib xalq qoʻzgʻolonlariga qoʻshilgan. Qoʻzgʻolon bostirilgach Rozental taxminan bir yil davom etgan tergovga mahkum qilindi. Shundan soʻng u uzoq vaqt davomid politsiya nazoratiga olindi[1].

Jahon urushi va inqilob[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi jahon urushi boshlanganda 1914-yil iyul oyida birinchi Turkiston telegraf diviziyasi tarkibida Gʻarbiy frontga joʻnatilgan[1]. 1917-yil fevral inqilobidan soʻng Slutskdagi inqilobiy harakatda faol ishtirok eta boshlagan. 1917-yil may oyida u Rossiya sotsial-demokratik ishchi partiyasiga (bolsheviklar) qoʻshildi. U 1917-yil 3-martda shahar Ishchilar va askarlar sovetiga saylangan va sovet raisi boʻlib ishlagan (u bu lavozimni 1918-yil martigacha, Slutsk nemis ishgʻoliga oʻtkazgunga qadar egallab kelgan)[1][2]. Rozental 1918-yil iyulidan Qizil Armiyada xizmat qildi[1]. 1918-yil avgustda u Smolensk okrugi pochta va telegraflar komissari boʻlgan va oʻsha yilning dekabr oyida Gʻarbiy frontning aloqa komissari lavozimiga tayinlangan[2].

Xalq komissari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1919-yil yanvar oyida Belorussiya Sotsialistik Sovet Respublikasi tashkil etilganda, Rozental pochta va telegraflar xalq komissari lavozimiga tayinlangan[1][2][3]. 1919-yil 27-fevralda Litva va Belorussiya Sotsialistik Sovet Respublikasi tashkil etilganda, Rozental yangi respublikaning pochta va telegraf xalq komissari etib tayinlangan[4][5]. Litva va Belorussiya Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi aʼzoligiga nomzod boʻlgan[6][7]. 1919-yil mart oyida Moskvada boʻlib oʻtgan Rossiya Kommunistik partiyasining (bolsheviklar) 8-s’ezdida Litva va Belorussiya Kommunistik partiyasi delegatsiyasi tarkibida boʻlgan[7].

Turkistonga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

1920-yil 3-noyabrda Turkiston fronti aloqa boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi[2]. 1921-yil mart oyidan boshlab Turkiston ASSR (keyinroq Oʻzbekiston SSR)da yashagan[2].

Keyingi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1930-yil mart oyida SSSR xalq xoʻjaligi oliy kengashi Prezidiumining ilmiy kotibi etib tayinlandi[2]. 1931-yil mart oyida u SSSR Davlat reja qoʻmitasining aʼzosi etib tayinlandi[2]. 1939-yildan 1951-yilgacha nafaqaga chiqqunga qadar Rozental Sovet Ittifoqi Ichki ishlar vazirligida mudofaa inshootlarini qurish boʻyicha Bosh taʼminot boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlagan[2]. Rozental 1983-yil 15-noyabrda vafot etdi[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]