Karim Yoʻldoshev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Karim Yoʻldoshev (1940.15.1, Toshkent) — rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1980). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutining rejissyorlik fakultetini tugatgan (1965). 1965—75 yillar Namangan teatrida rejissyor, bosh rejissyor, direktor, 1987—98 yillar rejissyor, 1999 yildan yana bosh rejissyor 1975—86 yillar Qashqadaryo teatrida bosh rejissyor Eng yaxshi spektakllari: "Sarvqomat dilbarim" (Ch. Aytmatov), "Layli va Majnun" (Xurshid), "Qaroqchilar" (F. Shiller), "Mayna Hasanova" (A. Rahmat), "Gʻariblar" (V. Delmar), "Oʻn uchinchi rais" (O. Abdullin), "Usmon Nosir qayerda" (A. Aʼzamov), "Qatagʻon" (Oʻ. Hoshimov), "Qirol Lirning soʻnggi nabiralari" (Shekspir va Pushkin asarlari asosida), "Alpomish" (A. Jabbor) va b. Hamza teatrida "Sohibqiron Temur" (A. Oripov) spektaklini sahnalashtirgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil