Karim Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rahimov Karim (1917.6.11, Xiva 1991.15.10, Urganch) — raqqos, aktyor, rej. Oʻzbekiston xalq artisti (1964). 2-jahon urushi qatnashchisi. Hamza teatri qoshidagi drama studiyasini tugatgan (1937). 1937—90 yillar Ogahiy nomidagi Xorazm teatrida ishladi. U teatrda raqqoslik qilish bilan birga bir qancha spektakllarda esda qolarli obrazlar ham yaratdi: Domla, Hidoyatxon (Hamza, "Boy ila xizmatchi", "Maysaraning ishi"), Mansur (I. Sulton, Uygʻun, "Alisher Navoiy"), Vurm (V. Shiller, "Makr va muhabbat"), Niyoz (Abdulmoʻminov, "Shikoyatga oʻrin yoʻq"), Mulla Bashir (S. Jamol, "Guli siyoh"), Qirol (U. Shekspir, "Hamlet"), Imom (H. Gʻulom, "Toshbolta oshiq") va boshqa shular jumlasidan. "Chin muhabbat" (O. Yoqubov), "Togʻajiyanlar" (R. Bobojon), "Paranji sirlari" (Hamza), "Oshiq Gʻarib va Shohsanam" (A. Bobojon) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Xorazmning Qoʻshkoʻpir, Yangiariq tumanlarida ansambllar tuzgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil