Karim Gʻaybullayev
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Karim Gʻaybullayev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1906-yil Margʻilon |
Vafoti | 1938-yil |
Karim Gʻaybullayev — qoʻqonlik davlat va jamoat arbobi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Karim Gʻaybullayev 1906-yil Margʻilonning Qumariq qishlogʻida tavallud topgan. Ota-onasidan yoshligidan yetim qoladi va Samarqand shahridagi maktab internatda savod chiqaradi. U oʻz faoliyatini komsomol tashkilotidan boshlaydi. Karim Gʻaybullayev 1927-yil Samarqandagi Stalin nomli partiya maktabida oʻqishga kiradi va muhbir sifatida tanila boshlaydi. U faoliyati davomida „Yosh Leninchi“ gazetasida muhbir sifatida ishlaydi va gazeta jamoasi bilan Toshkentga keladi. NKVD xodimlari Karim Gʻaybullayevni aqldan ozdiradilar. Gazetadagi har kunlik shum xabarlarni ularni nashr etish kerak edi. Gazeta NKVD tomonidan har kuni toʻliq nazoratga olinadi. 1937-yil 14-oktabrda Oʻzbekiston SSR komsomol tashkiloti MQ Karim Gʻaybullayevni sanoqsiz ayblar bilan komsomol safidan ozod qilinadi[1]. 1937-yil 17-dekabrda OʻzSSR JK 66-moddasi 1-qismi va 67-moddasi bilan Karim Gʻaybullayevni qamoqqa olish va tintuv oʻtkazish toʻgʻrisida order beriladi. U yashaydigan uyda tintuv oʻtkaziladi. 1938-yil 3-yanvarda NKVD OʻzSSR 4-boʻlimining davlat xavfsizligi serjanti Agapitev Karim Gʻaybullayevni Oʻzbekiston SSRda mavjud boʻlgan aksinqilobiy tashkilot aʼzosi sifatida OʻzSSR JKning 57-moddasi 1-qismi, 63-67-moddalari bilan aybdor deb topiladi. 1938-yil 7-mart kuni oʻtkazilgan soʻngi soʻroqda Karim Gʻaybullayev oʻziga qoʻyilgan ayblarni tan oladi. 1938-yil 5-oktabr kuni SSSR Oliy sudi qarori bilan 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi. 1942-yil 9-oktabrda Magadanda Sevvostoklagda vafot etadi. Uning xotini 1967-yil Bashorat Gʻaybullayeva SSSR Oliy sudiga murojaat qiladi. 1967-yil 1-oktabrda SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi tomonidan Karim Gʻaybullayev oqlanadi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]