Karfagen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Karfagen (finikiycha Kartadasht — yangi shahar) — Shim. Afrikadagi qad. shahar-davlat (hrz. Tunis sh. atrofi). Finikiylar tomonidan mil.av. 825 y.da barpo qilingan. K. mil. av. 3-asrning boshiga kelib Shim. Afrika, Sitsiliya (Sirakuzadan tashqari), Sardiniya va Jan. Ispaniyani bosib olgach, Oʻrta dengiz boʻyidagi qudratli davlatga aylangan, bu esa u bilan Rim oʻrtasidagi toʻqnashuvni keltirib chiqargan. Puni urushlari (mil.av. 264—146 y.)dagi magʻlubiyatdan keyin K. rimliklar tomonidan vayron qilingan (146), uning asosiy hududi Rimning Afrika viloyati tarkibiga kiritilgan, qolgani Numidiyaga berilgan. K. sanʼati va madaniyatiga oid moddiy madaniyat yodgorliklari oz miqdorda saqlanib qolgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil