Karel Loprais

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Karel Loprais
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi  Chexiya
Tavallud sanasi 4-mart 1949-yil
Ostrava, Chexiya
Vafot sanasi 30-dekabr 2021-yil(2021-12-30)
(72 yoshda)
Nový Jičín, Chexiya

Karel Loprais — (1949-yil 4 martda tavvalud topgan; 2021-yil 30-dekabrda vafot etgan) chexiyalik ralli reyd haydovchisi va yuk mashinalari toifasida Dakar rallisining olti karra gʻolibi hisoblanadi.

Tatra 815 4x4 — Koprivnice texnik muzeyida 1988-yilgi poyga gʻolibi

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karel 1967-yilda Chexoslovakiyaning Kopřivnitse shahridagi Tatra shahrida zavod ishchisi sifatida ishlay boshlagan, keyinchalik sinov haydovchisi boʻlib poygalarga kirib kelgan. Loprais birinchi marta 1986-yilda Dakar rallisida Tatra 815 yuk mashinasi bilan bellashgan. Oxirgi bosqich yakuniga kech yetib kelgani uchun 2-o‘rindan diskvalifikatsiya qilingan. U 1986—2006-yillar davomida 19 marta musobaqalarda qatnashgan va oltita unvon (1988-yil, 1994-yil, 1995-yil, 1998-yil, 1999-yil, 2001-yil), toʻrtta ikkinchi oʻrin (1987-yil, 1996-yil, 2000-yil, 2002-yil), bitta uchinchi oʻrin (1992-yil), ikkita toʻrtinchi oʻrinni egallagan.

1994-yilda ikkinchi gʻalabasi va umumiy avtokamionlar toifasida 6-oʻrinni egallaganidan soʻng, baʼzi ommaviy axborot vositalari uni Monsieur Dakar deb eʼtirof etishgan[1].

Dakar rallisidan so‘ng 1993-yilda Parij-Moskva-Pekin rallisida (3-o‘rin), 1995-yilda Master Rallye (4-o‘rin) va 1999-yilda (3-o‘rin) va 2000-yilda (2-o‘rin) BAA Desert Challenge musobaqalarida ishtiroki bilan faoliyati nihoyasiga yetgan.

Shaxsiy hayot va vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Loprais Ales Lopraisning amakisi boʻlgan, u ham yuk mashinasi haydovchisi sifatida tarixga kirgan[2]. Loprais 2021-yil 30-dekabrda 72 yoshida Novy Jičin shahridagi kasalxonada o'tkir nafas yetishmovchiligi, yuqori va quyi nafas yo'llarini keskin buzilishi va ikkilamchi kassaliklarini zo'ayishi natijasida, COVID-19 diagnozi bilan vafot etgan[3][4].

Dakar Rallisi natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Turi Transport vositasi Darajasi Bosqichlardagi gʻalabalar soni
1986-yil Yuk mashinalari Chexiya Tatra Yoʻq ?
1987-yil 2 ?
1988-yil 1 ?
1989-yil Yuk mashinalari turkumiga kirmaydi.
1990-yil Yuk mashinalari Chexiya Tatra 4 ?
1991-yil 4 ?
1992-yil 3 ?
1993-yil
1994-yil Yuk mashinalari Chexiya Tatra 1 ?
1995-yil 1 ?
1996-yil 2 ?
1997-yil Yoʻq 2
1998-yil 1 2
1999-yil 1 1
2000-yil 2 3
2001-yil 1 8
2002-yil 2 1
2003-yil Yoʻq 1
2004-yil 7 2
2005-yil Yoʻq 0
2006-yil Yoʻq 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]