Kare taomi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qoʻy (qoʻzi goʻshti) dan kare — qoʻy (qoʻzichoq) qovurgʻasidan tayyorlangan goʻshtli taom. Ushbu taomni koʻpincha „qoʻzichoq qovurgʻalari“ deb ham atashadi. Fransuz oshxonasida uni „qoʻzichoq goʻshtidan kotlet“ deb ham atashlari mumkin[1].

Tayyorlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu taom qoʻzichoqning boʻyin sohasi goʻshtidan tayyorlanadi. Goʻshtning ushbu boʻlagi umurtqa pogʻonasiga perpendikulyar ravishda kesiladi, u odatda 16 ta qovurgʻa yoki toʻqmoqlanadigan boʻlaklardan iborat boʻladi. Odatda, ushbu taomni pishirish uchun goʻshtni bir tomonda 8 ta qovurgʻa bilan uzunasiga kesilgan boʻlagi olinadi, shuningdek uni kesilmagan holda — ikki tomonidagi qovurgʻalari bilan ham ishlatish mumkin. "Kare" nomi kesilmagan goʻsht boʻlagi turidan kelib chiqqan, chunki yosh qoʻzichoqning qovurgʻalari koʻtarilib, idishga solinganda „kare“ga — qoʻshinning kvadrat koʻrinishida, askarlar bir-biriga yaqin masofada nayzalarini yuqoriga qaratib turishlariga oʻxshab qolgan[2].

Taomni grilda ham, tovada ham, pechda ham pishirish mumkin (koʻpincha birlashtirilgan variant: tovada qovurish, keyin esa pechda pishirish usuli qoʻllaniladi). Ziravorlardan tuz va qora murch bilan birga rozmarin va toshchoʻp[3]; baʼzan (shu jumladan, goʻshtni yengil marinadlash uchun) xantal ishlatiladi. Tavsiya etilgan tayyorlanish darajasi: Medium well[4] dan Medium rare yoki Rare gacha yetadi[5][6].

Ushbu taom koʻproq restoranlarda tayyorlanadi va alohida qovurgʻa koʻrinishida stolga tortiladi. Qoʻzi goʻshtidan tayyorlangan kare odatda qovurib pishiriladi, baʼzida non boʻlaklarining uvoqlariga belab olinishi ham mumkin. Suyaklarning uchlari esa qogʻoz burmalar bilan bezatiladi yoki folga qogʻozi bilan oʻraladi. Taomni stolga tortishda koʻp hollarda anor donalari bezak vazifasini oʻtab beradi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Французская кухня 2010.
  2. Каре барашка.
  3. „Каре барашка – почему такое название? Как приготовить?“. bk-f.ru. Qaraldi: 2021-yil 25-yanvar.
  4. „Каре ягненка – блюдо гурманов ǀ Как приготовить дома“. chefrestoran.ru. Qaraldi: 2021-yil 25-yanvar.
  5. „Охлажденная корейка ягнёнка Ovation из Новой Зеландии | Travyanoy otkorm | Kupit s dostavkoy po Moskve.“ (ru). www.steakhome.ru. Qaraldi: 2021-yil 25-yanvar.
  6. „Рецепт каре ягненка“. hitaste.ru. Qaraldi: 2021-yil 25-yanvar.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Котлеты из барашка по-наваррски“,Французская кухня, Кухни народов мира. М.: Директ-Медиа, 2010 — 48 bet. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]