Karavajizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Karavajizm — 1) 17-asr Yevropa rangtasviridagi realistik yoʻnalishning ilk shakllanish davriga xos badiiy vositalar tizimi. Bu tizimga (ayniqsa, italiyalik rassom Karavajo ijodida yaqqol namoyon boʻlgan) demokratik badiiy ideallar, uni haqqoniy va hayotiy aks ettirishga intilish, asarda jonli harakat holati, tasvirlanayotgan jiyemga qiziqish, nursoya qarama-qarshiligiga urgʻu berish, mavzuga mahobatlilik baxsh etish kabi xususiyatlar xos. K. 17-asr Yevropa rassomlari (Rembrandt, P. Rubens va b.) ijodida muhim rol oʻynadi; 2) 17-asr Yevropa rangtasviridagi yoʻnalish. Gollandiya, Flandriya, Fransiya, Ispaniya, Germaniya va b. dagi Karavajo izdoshlari ijodida yaqqol koʻzga tashlanadi. Barcha markazlar (Rim, Neapol, Genuya va b.) rangtasvirida yorqin namoyon boʻldi. Jumladan, rassomlar O. Jentileski, K. Saracheni, J. B. Karachcholo va b. ijodida oʻziga xos tarzda namoyon boʻlsa, ayrim rassomlar (B. Manfredi va b.) ijodida K. ning rasmiy usul va mavzulari yuzaki qoʻllanilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil