Kapuas
Qiyofa
| Kapuas | |
|---|---|
| Tavsif | |
| Uzunligi | 1 143 |
| Suv sarfi | 6 707 m³/s |
| Davlat | Indoneziya |
| Kapuas | |
Kapuas — Kalimantan o.ning gʻarbiy qismidagi daryo, Indoneziyada eng katta. Uzunligi 1040 km, havzasining maydoni 97 ming km2. Boven-Kapuas togʻlaridan boshlanadi. Botqoqlashgan tekisliklardan oqib, Janubiy Xitoy dengiziga quyiladi. Yil boʻyi toʻlib oqadi, yogʻingarchilik mavsumlarida (aprel va noyabr oylarida) atrofdagi hududlarni suv bosadi. Oʻrtacha suv sarfi 5000 m3/sek. Quyilish joyidan boshlab 900 km masofada kema qatnaydi (orolni ichki rayonlar bilan bogʻlovchi asosiy transport yoʻli). Deltasida Pontianak porti joylashgan. Daryoda baliq ovlanadi, yogʻoch oqiziladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |