Kapillyar suv
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Kapillyar suv — togʻ jinslari zarralari oraligʻidagi boʻshliq va mayda yoriqlarni toʻldirib turuvchi suv. K. s. jinslardagi suyuq-tomchi (sizot) suvi sathidan yuqorida tarqalgan boʻlib suyuQlikning sirt tortishish kuchning taʼsiri ostida saQlanib turadi. K. s aeratsiya zonasining pastki qismini egallab, maʼlum bir qalinlikdagi namlanish zonasini hosil qiladi. Bu zona pastki qismidagi kapillyar kanallarni toʻliq, yuqori qismidagilarni esa qisman toʻyintiradi. Kapillyar namlanish zonasi balandligi kapillyar kanallar diametriga teskari proporsionaldir; kanallar diametri qanchalik kichik boʻlsa namlikning koʻtarilishi shunchalik yuqori boʻladi va aksincha. Kapillyar koʻtarilish balandligi, shuningdek, jinsning namligiga ham bogʻliq. Nam jinslarda kapillyar koʻtarilish kichik boʻladi. Kapillyar koʻtarilishi balandligi (h) quyidagi formula orqali aniQlanadi: h =2Abunda g — kapillyar kanal radiusi; A — suyuQlikning kapillyar doimiyligi, uning qiymati radiusi 1 mm boʻlgan nay qoʻllanganda suvning unda koʻtarilish balandligiga teng . Suv uchun temperatura 0° boʻlganda A—15,4; us— suyuQlik zichligi; g — ogʻirlik kuchi tezlanishi. Agar chaqiq jins zarralari diametri va darzlik kengligi 2—2,5 mm boʻlsa suvning kapillyar koʻtarilishi butunlay toʻxtaydi. Qumli jinslarda namlikning yuqoriga koʻtarilish bal. 0,3— 0,6 m, qumoq va qumloq tuproQlarda 1,2—1,6 m, gilli jinslarda 3–4 m ga yetadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |