Kang Ye-seo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kang Ye-seo
Tavalludi 22-avgust 2005-yil (2005-08-22) (18 yosh)
Incheon, Janubiy Koreya
Fuqaroligi Koreya Respublikasi
Kasbi
  • qoʻshiqchi
  • aktrisa
Faoliyat yillari 2010-hozirgacha
Imzosi

Kang Ye-seo (2005-yil 22-avgustda tugʻilgan), Yeseo monimi bilan tanilgan, janubiy koreyalik qoʻshiqchi va aktrisa. U "Mnet" telekanalining „Girls Planet 999“ shousida qatnashgani va soʻnggi epizodda 6-oʻrinni egallab, „Kep1er“ guruhining aʼzosiga aylangani bilan mashhur. U shuningdek, Janubiy Koreyaning „CutieL“ va „Busters“ guruhining bosh vokalchisi sifatida sobiq aʼzosi. Kang oʻzining aktrisalik faoliyatini 2010-yilda "MBC" telekanali dramasi „Golden Fishda yordamchi rolda boshlagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kang oʻzining aktrisalik faoliyatini 2010-yilda „MBC“ telekanali dramasi „Golden Fish“da ikkinchi darajali rolda boshlagan va shu bilan birga u „CutieL“ kichkintoylar guruhining aʼzosi boʻlgan[1][2].

U 2013-yilda „Miracle in Cell No.5“ filmida u Choi Ji Yon rolini ijro etgani uchun mashhurlikka erisha boshlagan. Keyinchaalik u mahhur „Sailor Moon“ anime seriali uchun ayni nomli sumkalar chiqarib filmni yanada mashxur qilgan. U 20 ga yaqin dramada rol oʻynadi.

Yanvar oyi oxirida Kang Minjungning oʻrniga „Busters“ning yangi aʼzosi boʻlgan[3]. U 2019-yil 31-iyulda birinchi „Pinky Promise“ mini-albomi bilan debyut qilgan[4]. 2020-yil 6-avgustda Yeseo aktrisalik va boshqa faoliyatni davom ettirish uchun guruhni tark etgan[5].

2021-yil 18-iyulda Kang rasman 'Mnet"ning "Girls Planet 999" shousida ishtirokchi sifatida eʼlon qilingan, shouda u „Kep1er“ aʼzosi Mashiro Sakamoto bilan birga „143 Entertainment“ kompaniyasi vakili sifatida ishtirok etishgan[6]. 2021-yil 22-oktyabrda Yeseo yakuniy epizodda jami 770 561 ball toʻplagan holda 6-oʻrinni egalladi va shu bilan u yakuniy guruh tarkibiga kirdi[7]. 2022-yil 3-yanvarda u birinchi „First Impact“ mini-albomi chiqishi bilan „Kep1er“ aʼzosi sifatida rasman debyut qilgan[8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Kim. „'황금물고기' 이태곤, 소유진과 결혼 위해 프러포즈만 4번“ (ko). Newsen (12-iyun 2010-yil). Qaraldi: 2-yanvar 2022-yil.
  2. Living Economy Team. „'웃어요 엄마' 아역 강예서, 큐티엘 공연“ (ko). OSEN (31-dekabr 2010-yil). 31-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-dekabr 2021-yil.
  3. Kwak. „버스터즈, 새 멤버 '예서' 합류…청순+애교 갖춘 '10년차 아역 배우'“ (ko). Herald Business (2-fevral 2019-yil). Qaraldi: 31-dekabr 2021-yil.
  4. Lee. „버스터즈 "엄청 떨리지만, 신곡 '핑키 프로미스'로 컴백해 행복해"“ (ko). My Daily (31-iyul 2019-yil). Qaraldi: 31-dekabr 2021-yil.
  5. Choi. „걸그룹 '버스터즈' 지수X예서X채연, 가수 활동 마무리... 팀 재정비 한다“ (ko). Top Daily (6-avgust 2020-yil). Qaraldi: 31-dekabr 2021-yil.
  6. Choi. „'걸스플래닛' 강예서, 정국 닮은꼴? 알고보니 '7번방의 선물' 아역“ (ko). OSEN (19-avgust 2021-yil). Qaraldi: 31-dekabr 2021-yil.
  7. Kim. „김채현 1위…'걸스플래닛' 9인조 걸그룹 '케플러' 결성“ (ko). Edaily (22-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 22-oktabr 2021-yil.
  8. Lee. „'걸스플래닛' 케플러, 오늘(3일) 가요계 출격…'퍼스트 임팩트' 발매“ (ko). Xports News (3-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2022-yil.