Kamron Mirzo baradari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kamron Mirzo Baradari (urdu. کامران کی بارہ دری; Kāmrān kī bārɘdɘrī) – Pokistonning Lahor shahridagi yozgi pavilyon. U 1540-yildabirinchi Boburiy imperatori Boburning oʻgʻli, Kamron Mirzo tomonidan qurilgan. Bino Lahordagi eng qadimgi Boburiy inshooti deb ishoniladi va Lahorning Shohdara Bogʻ hududidagi maqbaraga aylantirilmagan yagona joy hisoblanadi[1][2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1530-yilda Bobur vafotidan keyin Kamron Mirzo Lahorni egallab, 1540-yilda baradari qurilgan bogʻ barpo etgan[3]. Qurilish vaqtida baradari Shohdara bogʻi hududidagi Ravi daryosining gʻarbiy qirgʻogʻida boʻlgan boʻlsa-da, hozir daryo oʻrtasidagi orolda joylashib qolgan. Chunki yillar davomida suv oqimi shu holga keltirgan. 1849-yilda inglizlar Panjobni qoʻshib olgandan soʻng, pavilyon daryodan oʻtadigan qayiqlar uchun pullik dam olish joyiga aylantirildi. Ushbu joy 1867-yilda Lahor xaritasida Turgurhvalli Baradari nomi bilan tilga olingan. Xaritada daryoning gʻarbiy qirgʻogʻida joylashgani koʻrsatilgan. Baradarining sharqiy tarafining bir qismi 1850-yillarda suv toshqini tufayli vayron boʻlgan[4], baradarining ikkinchi qavati ham xuddi shu davrda shikastlangan yoki buzib yuborilgan. 1958-yilda suv toshqini tufayli yana zarar koʻrdi. 1989-yilda 19,6 million rupiy (taxminan 1 million dollar) sarflanib, rekonstruksiya qilingan[5].

Bahslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daryo tarafdan koʻrinishi
Daryo tarafdan koʻrinishi

Ayvonning ayrim xususiyatlaridan koʻrinib turibdiki, hozirgi baradari Kamron Mirzo bogʻining aynan oʻzi emas. Kamron Mirzoga tegishli boʻlgan ayvon haqida birinchi eslatma 1860-yilga toʻgʻri keladi va u xalq ogʻzaki rivoyatlariga asoslangan boʻlishi ham mumkin[6]. Ayvonda 17-asrda va undan keyingi davrda Boburiy imperatori Shoh Jahon hukmronligi davrida keng tarqalgan qirrali arklar mavjud. Bu Kamron Mirzoga tegishli boʻlgan inshoot ancha taʼmirlangan yoki rekonstruksiya qilingan boʻlishi mumkin. 1988-yilda olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, bogʻ Kamron Mirzo hayotligi davrida qoʻllanilgan gaz oʻlchov birligidan emas, balki Akbar hukmronligi davrida keng qoʻllanilgan Gaz-i-Illahiy deb nomlangan oʻlchov birligidan foydalangan holda qurilgan[7].

Arxitetktura[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barcha baradarilar singari, ushbu inshootning ham oʻn ikkita eshigi bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Kamranʼs Baradari". Lahore Sites of Interest. Retrieved 12 September 2017.
  2. Pakistan Archaeology (25). 1990.
  3. "Kamranʼs Baradari". Lahore Sites of Interest. Retrieved 12 September 2017.
  4. Wolschke-Bulmahn, Joachim; Wescoat, James L. (1996). Mughal Gardens: Sources, Places, Representations, and Prospects. Dumbarton Oaks. ISBN 9780884022350. Retrieved 12 September 2017.
  5. "Kamranʼs Baradari (built 1520s or mid 17th-century)". Oriental Architecture. Retrieved 12 May 2015.
  6. Wolschke-Bulmahn, Joachim; Wescoat, James L. (1996). Mughal Gardens: Sources, Places, Representations, and Prospects. Dumbarton Oaks. ISBN 9780884022350. Retrieved 12 September 2017
  7. Wolschke-Bulmahn, Joachim; Wescoat, James L. (1996). Mughal Gardens: Sources, Places, Representations, and Prospects. Dumbarton Oaks. ISBN 9780884022350. Retrieved 12 September 2017