Kampinas
Jump to navigation
Jump to search
Kampinas — Braziliyaning jan.sharqiy qismidagi shahar. San-Paulu shtatida. Aholisi 967 ming kishi (2000). T.y. va avtomobil yoʻllarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Muhim q.x. rayonining (kofe, paxta, donli ekinlar, shakarqamish) savdo markazi. Elektrovoz, tikuv mashinalari ishlab chiqariladi. Metallurgiya, rezinatexnika, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. 2 universitet, muzey bor. Shaharga 17-asr da asos solingan. 19-asrda kofe ishlab chiqaruvchi muhim markaz boʻlgan. [1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |