Kontent qismiga oʻtish

Kamoliy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kamoliy — oʻrtapishar qovun navi. Oʻrtacha kattalikda. Uzunligi 20—27 sm, ogʻirligi 2–3 kg . Sirti sal gʻadirbudir.Yirik, oʻrtacha dagʻal toʻrlar bilan qoplangan. Tuyey tuk, jigarrangga moyil yashil. Poʻstining qattiqligi oʻrtacha. Etining qalinligi 3—4,5 sm, oq, sershira. Tarkibida 7—10,8% qand, 3,8—6,1% saharoza, 8,6—12% quruq modda bor. Urugxonasi oʻrtacha, urugʻi yirik, nashtarsimon, sal bukilgan, sariq. Urugʻi koʻkarib chiqqanidan soʻng 75—80 kunda pishadi. Hosildorligi 200-270 s/ga. Koʻproq Andijon va Fargʻona viloyatlarida ekiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil