Kamoliddin Ismoil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kamoliddin Ismoil, Abulfayz Kamoliddin Ismoil ibn Jamoliddin Muhammad ibn Abdulrazzoq Isfahoniy (565/68–634 h.q./1170/73 – Isfahon – 1237 m.) – fors-tojik shoiri.

Kamoliddin Ismoilning otasi Jamoliddin Isfahoniy ham taniqli shoir boʻlgan. Kamoliddin Ismoil yigirma yoshidayoq qasidanavis shoir sifatida tanilgan, mohir zargar ham boʻlgan. Umrining oxirida xilvatga chekinib, tasavvuf yoʻlini tanlaydi. Moʻgʻul jangchilari tomonidan oʻldirilgan.

Shoir devoni 15 ming baytdan iborat boʻlib, qasida, gʻazal, qitʼa, tarkibband va ruboiy janrlarini oʻz ichiga olgan.

U fors-tojik adabiyotida, asosan, qasidanavis shoir sifatida tanilgan. Qasidalari ulugʻ shayxlar, Fors otabeklari, Tabariston va Xorazmshoh hokimlari hamda ilm-u adabiyotning mashhur namoyandalariga bagʻishlangan. U ayni paytda, u fors-tojik adabiyotidagi mashhur ruboiynavis ham boʻlgan. Undan bizgacha 867 ruboiy meros qolgan.

Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub”da uni majoziy muhabbatni mahorat bilan tasvirlagan shoirlar jumlasiga kiritadi[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Mahbub ul-qulub.